Xayrlashish


Saqlash
17:11 / 20.11.2023 0 1481

Xayrlashish – maʼnaviy tamoyillarga asoslanadigan xatti-harakat shakli, nutq odobi unsuri. Har qanday nutqiy muloqot turi xayrlashish bilan yakunlanadi. Xuddi salomlashishdagi singari xonani tark etuvchi yoki kim uchun maqbul boʻlsa, oʻsha shaxs birinchi boʻlib xayrlashadi. Xayrlashish shakllari ham salomlashish shakllari singari soʻz (verbal) vositasida (“xayr”, “koʻrishguncha”, “yaxshi qoling”) va noverbal – aytilgan soʻzga qoʻshimcha tarzda yengil taʼzim, qoʻl harakati va hokazo orqali namoyon boʻlishi mumkin. Xuddi shunday talab qoʻl berib xayrlashishga ham taalluqli: katta birinchi boʻlib kichikka qoʻl uzatadi. Tashrif buyuruvchining xizmat xonasidan biror ishga aloqador masala hal etilgandan keyin chiqib ketishi oldidan suhbatdoshiga stol ustidan qoʻl uzatishi nojoiz hisoblanadi. Yoshi oʻzidan katta shaxs yoki ayol bilan suhbatlashgan ijtimoiy xodim uchun eng yaxshi yoʻl quyidagilar hisoblanadi: tashrif buyurgan, xayrlashish uchun oʻrnidan turib ketishga chogʻlanganda oʻrindan turish, keksaygan, ayniqsa, nogiron kishi ketayotganda uni eshikkacha kuzatish odobdan boʻladi. Suhbatning yakuni sifatida xayrlashish bir qator oʻziga xos vazifalarni oʻtaydi: birinchidan, bu odatdagi odobga rioya etish; ikkinchidan, kommunikativ aloqani yakunlovchi bir harakat. Xayrlashish bilan suhbat yakuniga yetadi va boʻlib oʻtgan suhbat keyinchalik eʼtiborda qolishiga muayyan kafolat beradi. Oʻzbeklarga xos xayrlashish odobining milliy qadriyatlar tizimidagi oʻrni katta.

 

Urf-odatimizga koʻra, toʻgʻri xayrlashish usullariga amal qilgan odam yuksak madaniyatli, maʼnaviyatli inson (shaxs) sanaladi. Chunki kishilarning axloq-odobi haqidagi dastlabki taassurot salomlashish, muloqot (suhbat), xayrlashish vaqtida paydo boʻladi. Xayrlashish odobi insonda bolalikdan shakllantiriladi. Bunda bolaning axloqiy goʻzalligi ortadi. U taʼlim-tarbiya mevasi, insoniy fazilat boʻlib, kishining ichki dunyosini namoyon etuvchi axloqiy sifatning bir qirrasidir. Salomlashganda yoki xayrlashganda aytiladigan “Assalomu alaykum”, “Salomat boʻling” degan soʻzlarda insonlarning bir-biriga hurmat-ehtiromi, xayrixohlik izhori bilan birga teran mazmun va mulohaza mujassamlashgan. Bular mulozamatni, insonlarga boʻlgan kamoli ehtiromni bildiradi. Xayrlashish insonlarning bir-biriga mehroqi bati ifodasi sifatida tugʻiladi va xalqimiz donishmandligining timsollaridan hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 183
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 210
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 563
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 336
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 501
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232807
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112608
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65237
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55055
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49445
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39074
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38135
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36699
“Avesto”

//