Xayrixohlik


Saqlash
16:11 / 20.11.2023 0 1600

Xayrixohlik (arabcha xayr – yaxshilik, ezgulik; forscha xohish-istak, tilak) – 1) maʼnaviy munosabatlarning oʻziga xos alohida shakli; 2) oʻzga kishilarga bagʻrikenglik va mehribonlik asosida munosabatda boʻlish; 3) yaxshi maqsadlardagi ishlarni, ezgu xatti-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashni anglatuvchi tushuncha. Xayrixoh kishilar bir-biri bilan oilaviy va qon-qarindoshlik rishtalari bilan bogʻlangan, ijtimoiy mavqei, moddiy taʼminlangani boʻyicha bir-birlaridan farqlanadigan insonlarning birodarligi haqidagi umuminsoniy gʻoyalar va yaqinlarga mehr-muruvvatli boʻlish tarafdorlaridir. Xayrixoh – axloqiy begʻaraz harakat sohasi, insoniyatning oʻzi kabi qa dimiy xulqdir. Islomda xayrixoh insonparvarlik maqsadlarida hamda gunohdan forigʻ boʻlish bilan bogʻliq (gunohning avf etilishi, jannatga doxil boʻlish va hokazo) ezgu amal sifatida talqin etiladi. Xayriya tashkilotlari va ularning faoliyati zamonaviy davlatchilik, jamoatchilik tizimida muhim oʻrin tutadi. Xayrixoh faoliyati aholining kam taʼminlangan, ehtiyojmand qismiga moddiy yordam koʻrsatishnigina nazarda tutmaydi. U ijtimoiy faollik, mehr-oqibat koʻrsatish va maʼnaviy jihatdan oʻz-oʻzini tarbiyalash yoʻnalishi hamdir. Bizning zamonamizga kelib, tilimizdagi bu tushuncha yaxshilik yoʻlida biror kimsaga yon bosish, ezgulik yoʻlida tarafdor boʻlish, shunday ishlarda homiylik qilish maʼnolarini ham anglata boshladi.

 

Darhaqiqat, xayrixoh inson koʻnglidagi ezguliklardan, yaxshi orzu-niyatlardan, uning maʼnaviyatidan darak berib, yaxshilikka umid bildirgan xatti-harakatlardan iborat boʻlgan holatlarni ifodalaydi. Shundan kelib chiqib, xayrixohni – kishining ichki goʻzalligini namoyon etadigan, yaxshilikka yoʻgʻrilgan istaklar “barometri” deb taʼriflash ham mumkin. Xayrixoh odamlar jamiyatning koʻrki, iftixori deb sanalishga loyiq. Zero, xalq manfaati, Vatan ravnaqi, el-yurt farovonligi yoʻlidagi ezgu ishlar, tashabbuslar ham aynan xayrixoh insonlarning pokiza orzu-niyatlari tufayli amalga oshadi, harakatga keladi, vojib boʻladi. Bu esa xalq xotirasida boqiy amallarga asos soladi, uning poydevorini mustahkamlaydi. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida togʻni yorib, ariq qazigan Farhodning jasorati, Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romanida Otabekning millatimiz qadriyatlarining ramzi sifatida tasvirlanishi yoki mustaqillik yillarida xalqimizning ozod va obod kelajagi yoʻlida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarining barchasini koʻngildagi inja va pokiza tuygʻu – xayrixoh uchqunlaridan yaralgan moʻjizaviy ishlar, deyish mumkin. Binobarin, xayrixoh insonlarning ezgu saʼy-harakatlari tufayli XXI asrda ham oʻzbek xalqi olamshumul voqeliklarga guvoh boʻlishi shubhasizdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 449
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 423
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 384
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 396
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225273
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107956
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55551
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 40901
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40240
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31675
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30796
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30336
Alpomish

//