Fuqaro. Fuqaro madaniyati


Saqlash
16:11 / 16.11.2023 0 4445

Fuqaro (arabcha faqir soʻzining koʻplik shakli) – muayyan davlat Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan huquqlardan foydalana oladigan, qonunlarda koʻrsatib oʻtilgan burchlarni bajarish shart boʻlgan shaxs. Oʻtmishda fuqaro oʻrnida koʻpincha tabaa, raiyat soʻzlari ishlatilgan, masalan, Alisher Navoiy asarlarida raiyat soʻzi koʻp uchraydi. Xususan, “Tarixi muluki ajam” asarida “Derlarkim, yetti yil raiyatdan xiroj olmaydi” deb yozgan. Shoʻrolar zamonida bu soʻz oʻrnida asli lotincha boʻlmish grajdan iborasi ishlatilgan, mustaqillikka erishilgach, atama sifatida fuqaro joriy etildi. Huquqiy oʻrni qonun bilan mustahkamlangan shaxsning davlat ichkarisi yoki tashqarisida boʻlishidan qatʼi nazar, maʼlum bir davlatga qarashliligiga fuqarolik deyiladi, bunday huquqqa ega shaxs fuqaro deb ataladi. Oʻzbekiston fuqarosi Respublikamiz Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan huquqlardan foydalana oladi, u qonunlarda koʻrsatib oʻtilgan burchlarni bajarishi shart. Oʻzbekiston fuqarolari millati, irqi, jinsi, kasbkori, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar, fuqaro sifatida qonun oldida huquqan tengdirlar. Fuqarolarning oʻz fuqarolik huquqlarini bilib olishlari va himoya qilishlari hamda burchlarini chuqur anglab yetishlari uchun ularni huquqiy jihatdan tarbiyalab borish galdagi zarur vazifalardan biridir. Bu jarayon fuqarolar uchun maʼnaviy kamolot manbai boʻlishi bilan birga, taʼlim-tarbiya tizimi uchun ham doimiy amaliy faoliyatdir.

 

Fuqaro madaniyati – fuqaroning insoniy rivojlanganlik darajasi, uning ijodiy kuchi, maʼnaviyati, maʼrifati va qobiliyatining amalga oshish imkoniyatlari boʻlib, u har bir fuqaroning hayoti va faoliyatini tashkil etishda, boshqalar bilan munosabatlarini belgilashda, faoliyati yoʻnalishlarida koʻzga tashlanadi. Fuqaro madaniyati insonning maʼnaviy hayoti bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, oʻzida insonlarning predmetli faoliyati natijalari, shuningdek, inson imkoniyatlari va qobiliyatlarini aks ettiradi. Fuqaro madaniyati nafaqat jamiyat, uning tinch-osudaligi, farovonligiga, balki shu bilan birga alohida shaxsning maʼnaviy barkamolligiga ham taʼsir koʻrsatadi. Fuqaro madaniyati ogʻzaki ijod, sanʼat, adabiyot va tarixiy merosda aks etishi mumkin. Fuqaro madaniyati koʻp qirrali tushuncha, unda insoniyat tomonidan moddiy, maʼnaviy hayotda qoʻlga kiritilgan, bilim, tafakkur, tajriba, urf-odat va anʼanalar uygʻun faoliyat tarzida namoyon boʻladi. Davlat va jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish tamoyillari fuqaro madaniyati bilan uzviy bogʻliq.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 319
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 727
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 961
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 231724
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111967
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64127
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 53796
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 48730
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38710
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37350
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 35366
“Avesto”

//