Formalizm


Saqlash
15:11 / 16.11.2023 0 1175

Formalizm (lotincha formalis – forma, shakl) – borliqdagi narsa va hodisalarning shakli va tashqi koʻrinishini ularning mazmunidan ustun qoʻyadigan falsafiy yoʻnalish. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar mazmun va shaklga ega boʻlib, ular bir-biri bilan dialektik bogʻliqdir. Bu bogʻliqlikda mazmun doimo birlamchi boʻlib, shakl esa narsa yoki hodisa mazmunining namoyon boʻlish usulidan iborat. Mazmun va shakl mutanosib boʻlganda, har qanday narsa va hodisa oʻz maʼno-mazmuniga ega boʻladi. Masalan, insonning mohiyatini belgilovchi muhim xususiyatlar uning fikrlash qobiliyati, maqsadga muvofiq mehnat qilish qobiliyati, mehnati jarayonida oʻzi va jamiyat uchun zarur boʻlgan turli xil neʼmatlar yaratishi va eng muhimi olijanob insoniy fazilatlaridan iboratdir. Barcha kishilarning insoniylik qiyofasida mujassamlashgan mazmuni yuqoridagi belgilarga qarab baholanadi. Bashang kiyingan, qaddi-qomati kelishgan har qanday odamni tashqi koʻrinishi, qiyofasi, yaʼni shakliga qarab olijanob inson deyish notoʻgʻri. Zero, har bir kishining insoniylik mazmuni tashqi koʻrinishida emas, balki ichki insoniylik fazilatlari bilan belgilanadi. Jamiyatda formalizm, yaʼni shaklbozlikni mutlaqlashtirish koʻpincha salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Jamiyatni boshqarishda formalizm byurokratizm, toʻrachilikda namoyon boʻladi. Sanʼat tarixida formalizm sanoat va voqelikni qarama-qarshi qoʻyish, badiiy shaklni gʻoyaviy mazmundan ajratish, sanʼat asarida shaklning alohidaligi va ustunligini taʼkidlashdan iboratdir. Albatta, bunday yondashuv va talqin koʻpincha hayotiy haqiqatga zid keladi. Masalan, ayrim jangari, inson maʼnaviyati va axloq-odobiga yot boʻlgan buzgʻunchi filmlar shaklan “jozibali” boʻlsa-da, mazmunan sayoz yoki inson va jamiyat rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan vayronkor gʻoyaviy mazmunga egadir.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 325
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 563
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 229554
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110667
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61147
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 50026
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 45386
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37620
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35760
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32753
Kompetentlik

//