Futurizm


Saqlash
16:11 / 15.11.2023 0 1833

Futurizm (futurologiya) (lotincha futurum – kelajak va logos – taʼlimot) – keng maʼnoda, insoniyat kelajagi, umumbashariy muammolar, ularni bartaraf qilish haqidagi umumiy konsepsiya yoki tasavvurlar majmuasi; tor maʼnoda, ijtimoiy jarayonlar hamda ilmiy-texnika taraqqiyotiga oid sohalardagi jarayonlarni izchillikda oʻrganish va kelajagini bashorat qilish, shuningdek, statistik va boshqa maʼlumotlarni qayta ishlashning matematik usullarini ishlab chiqish asosida iqtisodiy, ilmiy-texnika, ijtimoiy-siyosiy sohalarni rejalashtirish va istiqbollarini belgilash imkoniyatini beradigan fan sohasi. Futurizm atamasi 1943-yilda nemis sotsiologi O.Flexteym tomonidan qoʻllangan boʻlib, u mavjud barcha ijtimoiy jarayonlarning istiqbolini bashorat qilishga yoʻnaltirilgan “kelajak haqidagi fan”, 1960-yillarning oxirlariga kelib esa, ijtimoiy fanlarning kelajakni bashorat qilish qonuniyatlari haqidagi fan sifatida ijtimoiy bashoratchilikni anglata boshladi. XX asrning oxirlariga kelib, futurologlar ikki yoʻnalishga ajralishdi: ulardan biri – “ekologik pessimizm” boʻlib, uning tarafdorlari Forrester, Medouz, R.Xeyl Bronerlar insoniyat rivojining salbiy oqibatlarini bashorat qilsalar, ikkinchisi – “ilmiy-texnikaviy optimizm” namoyandalari Toffler, Mesarovich, Paslo, Pestal, Frimenlar esa texnologik taraqqiyotning ijobiy imkoniyatlardan foydalanib, insoniyat tamaddunini saqlab qolish mumkinligi gʻoyasini asoslashga harakat qiladilar. Maʼnaviyat masalasi ham bugungi futurizmning maxsus va juda koʻpchilikni qiziqtirayotgan tadqiqot obyektlaridan biriga aylanmoqda. Jahon xalqlari orasida kelajakni qanday tushunish va unda yashashga maʼnaviy jihatdan qanday tayyorgarlik koʻrish dolzarb mavzu boʻlib bormoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 319
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 339
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236704
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115293
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68883
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58136
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52451
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41361
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40077
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40074
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//