Fidoyilik


Saqlash
17:11 / 14.11.2023 0 2620

Fidoyilik – boshqalar manfaati yoʻlida oʻz qonuniy manfaatlarini, hatto hayotini qurbon qilishga tayyor turgan, jamiyat uchun umumiy boʻlgan oliy maqsad va ideallarni deb oʻzidan kecha oladigan kishilar xatti-harakatlarini ifodalovchi maʼnaviy tushuncha. Fidoyilik tamoyilining mazmuni turli tarixiy davr va ijtimoiy jarayonlarda oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi: u maʼlum bir davrlarda ommaviylashishi yoki kamayishi mumkin. Chunonchi, mustaqillikka erishganimizdan soʻng dastlabki paytlarda oʻtish davriga xos boʻlgan fidoyilikka nisbatan xudbinlik tamoyilining kuchaygani koʻzga tashlangan boʻlsa, hozirgi vaqtda esa, aksincha, jamiyatimizda fidoyilik tamoyili ustuvor ahamiyat kasb etmoqda, “Elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak!” degan shior asosida yashayotgan kishilar doirasi tobora kengayib bormoqda. Ana shu maʼnaviy jarayon qanchalik tezlashsa, yangi qurilayotgan davlatning shakl-shamoyili shunchalik muayyanlik kasb etadi. Shu bilan birga, fidoyilik maʼnaviy qadriyatlardan biri boʻlib, Vatan manfaatlari yoʻlida fidoyilik namunalarini koʻrsatishga hozir boʻlgan shaxslarga xos fazilat. Vatanga, xalqiga boʻlgan hurmat, muhabbat, ishonch tuygʻusi muayyan umumiy manfaatlar, maqsadlar asosida shakllanib, kishilar qalbidan chuqur oʻrin oladi hamda faoliyatiga taʼsir qilib, ularni masʼuliyatli vazifalarni bajarishga safarbar etadi. Fidoyilik oʻz taqdirini Vatan, millat taqdiri bilan bogʻlagan barcha kishilarga xos fazilatdir. Fidoyilik soʻzda emas, balki amaliy ishlarda namoyon boʻlgandagina taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylanishi mumkin. Murakkab sharoitlarda mustaqilligimizning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, maʼnaviy asoslari mustahkamlanayotgan hozirgi kunda vatanparvarlik eʼtiqodi amaliy ishlarda fuqarolarning kundalik faoliyatida namoyon boʻlishi katta ahamiyatga ega.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 353
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 590
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 531
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 868
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233897
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113287
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67645
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56480
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50905
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39415
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38666
“Avesto”

//