Fikr qaramligi


Saqlash
17:11 / 14.11.2023 0 1254

Fikr qaramligi – kishilar fikri, tafakkuri ustidan muayyan gʻoyalarni hukmron mavqega egaligini, insonning sodir boʻlayotgan voqealar, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni mustaqil baholash imkoniyatidan mahrum boʻlganini ifodalovchi tushuncha. Insoniyat doimo mustaqillik, ozodlik va erkinlikka intilib yashagan. Ijtimoiy munosabatlar shakllariga mos ravishda iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, maʼnaviy erkinliklar, eng avvalo, fikr erkinligi tarzida namoyon boʻlgan. Shuning uchun boshqa millatlar, davlatlar ustidan hukmronlik qilgan mamlakatlar siyosati hamisha bosib olingan xalqlarni tafakkur qulligiga mahkum etishga qaratilgan. Insonning muayyan mafkuraga, siyosatga fikriy qaramligi mustamlakachilik siyosatining eng mashʼum koʻrinishidir. Chunki fikr qaramligi insonni oʻz-oʻzini anglashdan mahrum qilib, undagi ijtimoiy masʼuliyat hissini soʻndirishga, siyosiy voqelikka nisbatan loqaydlik kayfiyatining kuchayishiga olib keladi. Ayni paytda, boshqacha qarashlar bilan hisoblashmaydigan mutaassiblar, manqurtlar paydo boʻlishiga zamin yaratadi. Tafakkur qulligidan ozod boʻlib, fikrlar xilma-xilligiga, plyuralizmga erishish taraqqiyotning oqilona yoʻlini tanlash imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham islohotlarning dastlabki bosqichidanoq kishilarning tafakkurini uygʻotish, tashabbuskorligi, siyosiy faolligini oshirish maʼnaviy oʻzgarishlarning markaziga qoʻyildi. Chunki sobiq mustabid tuzum, bir tomondan, tafakkur qaramligini ragʻbatlantiruvchi, ikkinchi tomondan, erkin fikrlovchi kishilarni jazolash, jismonan yoʻq qilishning mukammal mafkuraviy mexanizmini yaratgan edi. Shuning oqibatida kishilar ongida saqlanib qolgan yuqoridan koʻrsatma, buyruq va qarorlar kutish kabi fikr qaramligi koʻrinishlari, aytish mumkinki, islohotlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklarga sabab boʻldi. Demokratik tamoyillarga koʻra rivojlanayotgan mamlakatlarda fikrlar erkinligi jamiyat taraqqiyotining omili boʻlganini tarixiy tajriba koʻrsatib turibdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 353
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 590
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 531
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 868
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233897
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113287
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67645
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56480
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50905
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39415
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38666
“Avesto”

//