Fisqu fasod


Saqlash
17:11 / 14.11.2023 0 779

Fisqu fasod – inson yoki biror voqea-hodisa haqida haqiqatdan yiroq, yolgʻon-yashiq gap tarqatish, ijobiy sifatlarni salbiy sifatlar sifatida koʻrsatishga urinish, kichik xato yoki kamchiliklarni katta qusurlar sifatida tasvirlash, asosi yoʻq gaplarni boʻrttirib, salbiy koʻrinishda, mish-mish sifatida yoyish, biror shaxs yoki koʻpchilik haqida boshqalarda nafrat uygʻotishga intilishni bildiruvchi tushuncha. Inson axloqining salbiy koʻrinishlaridan biri boʻlgan fisqu fasod dunyoviy bilimlar doirasida ham, diniy bilimlar doirasida ham qoralanadigan maʼnaviyatsizlik koʻrinishidir. Fisqu fasod aslida gʻiybat va hasad orasidagi illatdir. Gʻiybat islom dinida katta gunohlardan sanaladi. Xujurot surasida Alloh: “Ayrimlaringiz ayrimlaringizni gʻiybat qilmasin” (12-oyat), deb marhamat qiladi. Muhammad alayhissalom: “Kim birodarini gʻiybat qilsa, uning goʻshtini yebdi”, – deganlar. Imom Boxiliydan keltirilgan rivoyatda “Qiyomat kunida banda oʻzi qilmagan savoblarni koʻrib yaratgandan ularni qayerdan kelib qolganini soʻraydi. Shunda Alloh: «Ey bandam, bu amallar odamlar seni gʻiybat qilganda yetgan, ammo bu narsalarni sezmagansan” – deydi. deyilgan. (Abu Lays Samarqandiy, Tanbeh ul gʻofiliyn. 154-bet).

 

Hozirgi zamon axloqshunosligida ham fisqu fasod qoralanadi. Chunki fisqu fasoddan hech kimga naf yoʻq. Bu ish bilan shugʻullanuvchi odam nafratga uchraydi. Undan oʻzini tiygan odam esa oʻsha birodari va jamoa oldida yuzi qora boʻlib qolmaydi. Fisqu fasodning ikkinchi qismi hasad boʻlib, u haqda hadislarda “Dushmanlik va hasad yaxshiliklarni yongʻin oʻtinni yegandek yeydi” deyilgan. Hasan Basriy aytadiki, qalbida musulmonlarga adovati va hasadi boʻlgan kishining duolari qabul boʻlmaydi. Chunki hasad qiluvchi Alloh hukmiga qarshi turuvchidir. Fisqu fasod tufayli odamlar hasadgoʻyga aylanadi. Birovni oʻzi yoʻq vaqtida yomonotliqqa chiqarish yoki oʻzi guvoh boʻlmagan sifatlar bilan taʼriflab, salbiy xulosalar yasash, nihoyat, birovdan eshitganiga chippa-chin ishonib, uni tarqatib yurish kabi illatlar majmuasi fisqu fasod deya qaraladi. Fisqu fasod tufayli odamlar orasi buziladi, qarindoshlik rishtalari uziladi. Undan ikkala tomonga ham manfaat yoʻq. Shuningdek, fisqu fasod tufayli odamlar orasida koʻngil qolishlar, munosabatlar buzilishi paydo boʻladi. U jamiyatda doimo kishilar orasida maʼnaviyatsizlik, yomonlikning sababchisi boʻlgan. Buning oldini olish uchun maʼnaviy yuksaklikka, maʼrifatlilikka intilish lozim. Kishilar oʻrtasida yuksak madaniy, maʼnaviy muloqotni shakllantirish orqali fisqu fasod koʻrinishlariga barham berish lozim.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 57
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 152
Narxning navosi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1407
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223789
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107102
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 52018
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 38095
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 36853
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29905
Kompetentlik

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 29471
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29033
Alpomish

//