Fitna


Saqlash
16:11 / 14.11.2023 0 1023

Fitna (arabcha yoʻldan ozdirish, gʻalayon) – bir yoki bir necha shaxs tomonidan oʻzga shaxs yoki shaxslar guruhiga nisbatan haqiqiy maqsadni niqoblab amalga oshiriladigan dushmanlik harakatlarini anglatuvchi tushuncha. Fitna siyosat, kundalik maishiy turmush, din, harbiy soha va boshqa jabhalarda namoyon boʻlishi mumkin. Tarix va siyosatshunoslik fanlarida fitnalar nazariyasi mavjud. Baʼzi tarixchi va siyosatshunoslar insoniyat tarixini fitnalar tarixi deb talqin qiladi. Ularning fikriga koʻra, insoniyat tarixida yuz bergan barcha yirik hodisalar fitnalar natijasidir. Tarixdagi eng katta fitnalar misoli sifatida massonlar fitnasi, bolsheviklar fitnasi, mondial fitnalar, mazhablar fitnalarini keltiriladi. Shu bilan birga, fitnalar nazariyasi tarafdorlarining qarashlariga koʻra, insoniyat tarixida global fitnalar, mintaqaviy fitnalar, kichik fitnalar mavjud boʻlgan. Bu nazariya tarafdorlari siyosatshunoslik fanining “konspirologiya” boʻlimi vakillari orasida koʻproq uchraydi. Fitna va fitnachilik terrorizm va ekstremizm bilan uzviy bogʻliq. Terrorist va ekstremistlar koʻpincha fitnalar uyushtirish yoʻlidan borishadi. Fitnalar nazariyasining eng asosiy kamchiliklaridan biri shundaki, u jamiyat taraqqiyotidagi qonuniyatlarni inkor qiladi. Unga koʻra, jamiyat taraqqiyoti muayyan deterministik qonuniyatlarga emas, balki fitnachilarning qobiliyatlari, maqsadlari va uyushganlik darajasiga bogʻliq tarzda amalga oshadi. Shu bilan birga, siyosiy fitnalar davlatlar va mamlakatlar hayotiga, harbiy fitnalar urushlarning natijalariga, moliyaviy, iqtisodiy fitnalar aholi farovonligiga, oilaviy fitnalar oilalar, mintaqalar hayotiga jiddiy taʼsir oʻtkazishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 100
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 171
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 411
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 648
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 614
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234108
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113397
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67830
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56755
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51167
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39466
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39317
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39002
“Avesto”

//