Fikr


Saqlash
17:11 / 13.11.2023 0 3907

Fikr (arabcha gʻoya, aql, oʻy, mulohaza) – jonli til va matnda oʻziga xos turli maʼnolarni ifodalaydigan biror narsa, kishi haqidagi oʻy yoki xayol. Masalan, “falonchining fikri boshqa yoqlarda kezdi” desak, uning xayolini nazarda tutgan boʻlamiz. “fikrga toldi” – qattiq oʻylanib qoldi; “fikr yuritdi” — biror xulosaga kelish uchun narsa va hodisalarni taqqosladi; oʻyladi; mulohaza qildi; razm soldi. Fikr biror ish yuzasidan qilinadigan taklif yoki maslahat maʼnolarida ham qoʻllanadi. “Bu ish yuzasidan qanday fikr berasiz” desak, taklif ayting yoki maslahat bering, deganimiz boʻladi. Fikr niyat, maqsad maʼnolarini ham bildiradi. “Falonchi bu fikridan qaytdi” – demak, niyatidan voz kechibdi. “fikriga tushdi” iborasi biror narsaga erishishga, biror ishni amalga oshirishga bel bogʻlash, jazm qilish, kurashish, payiga tushish maʼnolarini ifodalaydi. Fikr soʻzida yakun, xulosa, toʻxtam va qaror maʼnolari ham ifodalanishi mumkin. “Falonchi shunday fikrga keldi” – demak, shunday xulosaga kelibdi. Fikr tushuncha, bilim, ong va aql maʼnolarini ham anglatadi. Masalan, “odam fikrni kitobdan oladi” deyilganda, bu soʻz bilim oʻrnida qoʻllanilmoqda. Hayot, jamiyat va tabiatni tushunish yoʻsini, dunyoqarash va maslakka nisbatan ham fikr soʻzi ishlatilishi mumkin. Masalan, “Oʻtkan kunlar” romanining qahramonlaridan Otabek Margʻilonda boʻlgan bir suhbatda “Otamning ham, oʻzimning ham qanday fikr va maslak kishisi ekanligimizni aytib oʻtmoqchi boʻlaman”, deydi. Yangi fikr yoki eski fikr deyilganda esa dunyoqarash koʻzda tutiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 283
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 533
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 457
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 802
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 517
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233660
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113172
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66990
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56170
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50597
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39333
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39010
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38266
“Avesto”

//