Fetishizm


Saqlash
17:11 / 13.11.2023 0 5565

Fetishizm (fransuzcha fetishisme tilsim, but) – tabiatdagi narsa va hodisalarga eʼtiqod qiluvchi diniy tasavvurlar majmui. Etnografiyada fetishizmning tavsifi xilma-xildir. Dj.Lebbok fetishizmni ibtidoiy dinda inson xohishini Xudo bajara olish imkoniyati, deb asoslagan boʻlsa, Teylor, Spenser fetishizm animizmning bir shakli, deb qayd qilgan. Fetishizm jahon dinlari tarkibida ham saqlanib qolgan. Jumladan, xristianlikda ikona va chirimay saqlanib qolgan murdani muqaddaslashtirish, buddizmda “muqaddas xovoncha oʻgʻir”, islomda “muqaddas joylar”, “qora tosh” ilohiylashtirilgan. Kishilik tarixi shuni koʻrsatadiki, har qanday predmet fetish boʻlib xizmat qilishi mumkin. Masalan, gʻaroyib shakldagi tosh, yogʻochning boʻlagi, hayvonning tishi, yaxshilab ishlangan shakl, zargarlik buyumi. Bunday predmetlar davolash, dushmandan asrash va boshqa xususiyatlarga ega deb tushunilgan. Agar biron kishi shunday predmetga murojaat etib, keyin yutuqqa ega boʻlsa, bunga oʻsha fetish yordam berdi, deb eʼzozlangan, aksincha muvaffaqiyatsiz chiqsa, bunday fetish tashlab yuborilgan yoki boshqasi bilan almashtirilgan, deya talqin etilgan. Ibtidoiy odam tasavvurida fetishlarda buyuk kuch bor, buyumlar esa jonli, deb tushuniladi. Masalan, “shamol kelmoqda”, “shamol uxlamoqda” va boshqa fetishlar davr oʻtishi bilan murakkablashib, keyinchalik tumor, sanam (but) va boshqaga murojaat etishgan. Fetishizmning asl vatani Gʻarbiy Afrika boʻlsa-da, u boshqa yurtlarga ham tarqalgan. Fetishizm jamiyatda mehnat mahsulotlarini taqsimlash, ayniqsa, qiymat va boshqaning oʻz-oʻzidan rivojlanish jarayonida ham yuzaga keldi. Jamiyatda fetishizm predmetlarning tabiiy xususiyatlari, funksiyalari yoki inson faoliyatining mahsulini, shuningdek, individning tabiiy xususiyatlarini ilohiylashtirish bilan xarakterlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 169
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 525
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 305
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 471
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 902
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232659
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112502
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64983
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54886
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49331
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39029
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38009
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36550
“Avesto”

//