“Uchinchi Renessans poydevorini yaratish”


Saqlash
16:11 / 10.11.2023 0 2841

“Uchinchi Renessans poydevorini yaratish” – Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan asoslab berilgan, bugungi kundagi islohotlar va yangilanishlarning eng ustuvor yoʻnalishi va maqsad-muddaolarini loʻnda va yaxlit ifodalaydigan ulugʻvor gʻoya. Ushbu gʻoya Ona-Vatanimiz zaminining oʻz tarixida bir emas ikki marta, nafaqat mintaqamiz oʻtmishida ulkan iz qoldirgan, balki jahon tamadduniga katta taʼsir koʻrsatgan oʻziga xos uygʻonish, yaʼni Renessanslarga makon boʻlgani va bugungi islohotlar natijasida yangi uygʻonish davri roʻy berishi muqarrarligi haqidagi tarixiy-ilmiy manbalar, ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy-maʼrifiy asoslarga tayanib ishlab chiqilgan. Ayni paytda, yurtimizning nihoyatda boy qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli iqtisodiy va insoniy salohiyatga egaligi, Prezident tomonidan ishlab chiqilgan va keyingi yillarda yuksak amaliy natijalar berayotgan islohotlar strategiyasining bardavomligi ham mazkur gʻoya va bu boradagi hayotbaxsh rejalarga asos berayotgani shubhasiz.

 

Bu borada Prezidentimiz taʼkidlaganidek, bugun biz ham tanti, sabr-qanoatli va mehnatkash xalqimiz bilan birga ulugʻ maqsadlarni belgilab, marrani baland olmoqdamiz. Oldinda bizni ulkan vazifalar, katta imkoniyatlar kutmoqda. Ortimizda, togʻdek tayanch va suyanch boʻlib turgan koʻpmillatli xalqimiz – hayot yoʻllarida toʻgʻri yoʻl koʻrsatadigan moʻtabar nuroniylarimiz, mehnatkash, oqila opa-singillarimiz, ilgʻor va zamonaviy fikrlaydigan, dunyoda hech kimdan-kam boʻlmagan azmu shijoatli yoshlarimiz bor. Eng muhimi, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va mehr-oqibat muhiti hukm surmoqda. Shu bois, endilikda demokratik islohotlar yoʻli – biz uchun yakkayu yagona va eng toʻgʻri yoʻldir. Bu borada biz har kuni izlanishdamiz, xorijdagi ilgʻor tajribalarni chuqur oʻrganib, hayotimizni, ish uslubimizni yangilashga harakat qilmoqdamiz. Biz yangi Oʻzbekistonni xalqimiz bilan birgalikda barpo etamiz, degan ulugʻvor maqsadni oʻz oldimizga qoʻyganmiz. Bu borada “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori”, “Xalq davlatga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi lozim”, “Xalq boy va farovon boʻlsa – davlat boy va farovon boʻladi” degan yangi gʻoyalar va “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili kundalik faoliyatimizga tobora chuqur singib bormoqda. Islohotlarning amaliy natijadorligini oshirishda, joylarda yangi tashabbuslarni ilgari surishda aholimizning yanada faolroq, yanada tashabbuskor boʻlishiga erishmogʻimiz lozim. Eng asosiysi, xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yoʻl turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz oʻqib-oʻrgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, oʻzimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz oʻzgaradi. Biz Oʻzbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qoʻygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-maʼrifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi boʻlib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalash zarur. Shuning uchun ham bogʻchadan boshlab oliy oʻquv yurtigacha – taʼlimning barcha boʻgʻinlarini isloh qilish amaliyoti tobora kengayib bormoqda. Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz aʼzolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-maʼrifat, yuksak maʼnaviyat kerak. Ilm yoʻq joyda qoloqlik, jaholat va albatta, toʻgʻri yoʻldan adashish boʻladi. Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”! Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirish, chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi boʻlish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.

 

Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yoʻlidan borish imkoniyatini beradi. Biz mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarish maqsadida buyuk ishlarni boshlaganmiz. Xalqimizning aql-zakovati, kuch-qudrati va salohiyatiga tayanib, biz bu yoʻlda dastlabki, lekin oʻta muhim va salmoqli natijalarga erishmoqdamiz. Endi ana shu yutuqlarimizni mustahkamlab, yanada dadil va ulkan qadamlar tashlashimiz shart. Chunki yurtimizdagi islohot va oʻzgarishlar jarayoni ortga qaytmaydigan tus olib, hal qiluvchi pallaga kirmoqda. Natijadorlik hammamiz uchun bosh talab, asosiy mezonga aylanmoqda. Bu borada yaqin kelgusi yillar barchamiz uchun alohida sinov va masʼuliyat davri boʻladi. Endi kechagi yutuq va marralar, bizni sira qoniqtirmaydi. Nega deganda, bugungi Oʻzbekiston kechagi Oʻzbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham, kechagi xalq emas. Amaliy natija bilan mustahkamlangan, oʻz mevasi, hosilini berayotgan islohot odamlarning qalbiga, yuragiga tez kirib boradi. Va bunday islohotni, bunday shiddatli jarayonni hech kim, hech qanday kuch, toʻxtata olmaydi. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini yurtimizda yashayotgan har bir inson, har bir oila bugun oʻz hayotida his etishi kerak. Buning uchun barcha boʻgʻindagi rahbarlar foizlar, raqamlar, qogʻozning ortidan quvmasdan, har bir fuqaro uchun, uning hayotiy manfaatlarini taʼminlash uchun ishlashi shart. Shunda nuroniy keksalarimiz, muhtaram otaxon va onaxonlarimiz, hurmatli ayollarimiz, aziz farzandlarimiz, jajji nabiralarimiz, koʻpmillatli butun xalqimiz bizdan rozi boʻladi. Uchinchi Renessans poydevorini yaratish uchun bu yoʻldagi har bir maqsad va vazifaga, ularni amalga oshirishga aynan shu nuqtai nazardan yondashsak, har tomonlama toʻgʻri boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 108
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 362
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 127
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 217
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 529
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 946
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218715
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104467
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34007
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27303
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26455
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25025
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24824
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21680
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//