Uygʻonish davri


Saqlash
19:11 / 06.11.2023 0 5907

Uygʻonish davri – insoniyat tarixidagi ijtimoiy-maʼnaviy yuksalish, ilm-fan rivojini ifodalash uchun XVIII asr maʼrifatparvar faylasuflari tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan tushuncha. Oʻrta asrlarda inson tafakkuri, ijodiy kuch-qudrati, yaratuvchanlik imkoniyatlarini odamzod baxt-saodati, erkin va farovon hayot kechirishi, jamiyatning gullab-yashnashi tomon intilishini ifodalaydigan maʼnaviy-ijtimoiy harakat jarayoni. Sharqda Uygʻonish davri VIII asrdan boshlangan boʻlib, moʻgʻil istilosi va hukmronligi tufayli XIII–XIV asrlarda toʻxtatilgan va Amir Temur saltanatida XIV–XV asrlarda yangi ravnaq bosqichida davom etgan. Amir Temur davlati parokandalikka uchraganligi sababli u ham XVI asrdan boshlab inqirozga yuz tuta boshladi. Muso Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Ismoil Buxoriy, Hakim at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Saʼdiy, Rudakiy, Firdavsiy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy, Muhammad Bobur kabi Sharq Uygʻonish davrining buyuk siymolari jahon sivilizatsiyasiga benazir ulush qoʻshganlar. Ular umuminsoniy qadriyatlar tarixida mustahkam va abadiy nom qoldirib, Gʻarb Uygʻonish davriga zamin boʻlib xizmat qildilar. Gʻarb Uygʻonish davri XIII asrda Italiyada (Dante, Jotte) boshlangan boʻlib, XIV–XVI asrlarda Gʻarbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Bu davrda fan-texnika, adabiyot, sanʼat, taʼlim-tarbiya sohalarida insoniyat istiqbol taraqqiyotiga ulkan taʼsir koʻrsatgan va uning maʼnaviy hayotida oʻchmas iz qoldirgan buyuk ijodkorlar yashagan. Rafael, Leonardo da Vinchi, Mikelandjelo, Kopernik, Erazm, Rotterdamskiy, Galiley, Bruno, Rable, Titsian, Veroneze, Petrarka, Bokkachcho, Servantes, Shekspir, Ariosto, Tasso, Dyurar, Yan van Eyk, Fuke va boshqa Yevropa Uygʻonish davrining atoqli namoyandalari sifatida umuminsoniy maʼnaviyat tarixida abadiy oʻrin egallaganlar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 78
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 142
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 395
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 624
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 584
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233987
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113336
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67780
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56688
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51097
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39450
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39292
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38917
“Avesto”

//