Turmush darajasi


Saqlash
17:11 / 06.11.2023 0 2669

Turmush darajasi – mamlakat aholisi, ijtimoiy guruhlar, oilalar, insonning moddiy, maʼnaviy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish darajasi (meʼyori)ni tavsiflovchi tushuncha. Turmush darajasi kishilar ehtiyojining tarkibi va rivojlanishi bilan bogʻliq. Shu bilan birga, ularni qanoatlantirish uchun foydalaniladigan turmush neʼmatlari va xizmatlar miqdori hamda sifati bilan ham aloqador boʻlib, u jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tuzilishi bilan belgilanadi. Turmush darajasi faqat joriy ishlab chiqarish bilangina emas, balki milliy boylik va kishilarning shaxsiy (xususiy) toʻplagan mulki miqdori bilan ham bogʻliq. Unga ijtimoiy-tarixiy, tabiiy iqlim, milliy, etnik sharoitlar va omillar oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Turmush darajasi miqdor va sifat koʻrsatkichlari tizimida ifodalanadi: isteʼmol etilayotgan moddiy neʼmatlar va xizmatlar umumiy hajmi, aholining real daromadi, oziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar iteʼmoli miqdori, pul daromadlari miqdori, mehnat sharoiti va tavsifi, ish va boʻsh vaqtning davomiyligi, turar-joy sharoiti va qiymati, maishiy xizmat, ijtimoiy xizmatlar (sogʻliqni saqlash, madaniy, aloqa, transport va hokazo) bilan ifodalanadi. Aholi turmush darajasini tavsiflashda kishilar ehtiyoj larini qondirishning belgilangan darajasi katta ahamiyatga ega. U oqilona isteʼmol meʼyorlari bilan moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni amaldagi isteʼmol koʻrsatkichlarini taqqoslash yoʻli bilan oʻlchanadi, bunda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishda erishilgan miqyos, tabiiy iqlim sharoiti, yosh, oila tarkibi, muayyan mahsulotlar, neʼmatlar, xizmatlar shaklidan foydalanishning ilmiy asoslangan meʼyorlari hisobga olinadi. Turmush darajasi tushunchasidan sotsiologiyada hayot sifati, hayot uslubi, hayot tarzi va boshqa bilan qiyosiy foydalaniladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 78
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 142
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 395
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 624
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 584
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233987
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113336
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67780
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56688
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51097
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39450
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39292
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38917
“Avesto”

//