Totemizm


Saqlash
16:11 / 03.11.2023 1 6738

Totemizm (ingliz totemis; hinducha atotem – uning urugʻi, nasli) – ibtidoiy jamiyatning ilk dinlaridan biri. U kishilarning maʼlum guruhi bilan hayvon va oʻsimliklarning muayyan turlari oʻrtasida gʻayritabiiy aloqa, qon-qardoshlik bor, degan eʼtiqodga asoslanadi. “Totemizm” iborasi ingliz sayohatchisi Dj.Long tomonidan 1791-yilda ilmiy muomalaga kiritilgan. Totemizm XIX–XX asrlarda Dj.Mak Lenan, U.B.Robertson Smit, Frezer va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. Totemizmni tushuntirish va tadqiq qilish xilma-xil anʼana va tamoyillarga asoslanadi. Ular ichida eng ommaviylari – totemizmni dinning ilk shakli deb bayon etish (Dyurkgeym va boshqa) hamda totemizmni sodda aqliy tasnif tizimi deb atash (Levi-Stros va boshqalar)dir. Ruhshunoslik tamoyillari ichida mashhuri Z.Freydning ruhiy analitik taxmini hisoblanadi. Freyd ibtidoiy jamiyatning ilk dini boʻlmish totemizm axloqiy (madaniy) cheklanishlarni – oʻldirishni taqiqlashni, oʻzaro yaqin kishilarning qon almashishini (insest) ishlab chiqib, shundan madaniyatni yaratish boshlandi, deb qayd qilgan. Totemizmda urugʻ, qabilaning har bir aʼzosi hayoti va farovonligi aynan shu urugʻning ajdodi boʻlgan totemga – oʻsimlik va hayvonga bogʻliq, deb qaralgan. Oʻsha davrlarda gʻorlardagi hayvon va oʻsimlikning surati totem ruhlarining makoni, tabiiy suratdagi narsa urugʻning homiysi tarzida qabul qilingan. Shunga koʻra, ular totemning yordamiga muhtoj boʻlgan, unga sehr yordamida taʼsir qilishga uringan. Bu bilan totemning yangi avlodiga “pok yoʻl” bilan totem oʻtib qolishiga, sehr-jodu bilan totemga taʼsir qilib, muqaddaslashgan hayvon, oʻsimlikning sonini koʻpaytirishga, urugʻ-qabila farovonligini oshirishga, totem kuchi bilan urugʻ-qabilaga kelayotgan halokatning oldini olishga intilganlar.

 

Dastlab totem sifatida hayvonlar, koʻproq ov hayvonlari eʼzozlangan. Keyinroq esa, qarindoshlik munosabatlari boshqa hayvonlarga ham oʻtgan, baʼzan oʻsimliklar, tabiat hodisalari boʻlgan yomgʻir, quyosh, shamol va boshqaga ham tarqalgan. Totemistik eʼtiqod va marosimlar muayyan koʻrinishda koʻp xalqlarda, ayniqsa, Avstraliyadagi qabilalarda saqlanib qolgan. Ularning odatlari boʻyicha, totem urugʻi aʼzolari oʻrtasida oʻzaro nikoh mumkin emas edi. Avstraliya milliy aholisining har bir qabilasi hayvon yoki oʻsimlik nomini olgan urugʻlarga boʻlinadi. Urugʻ aʼzolari oʻz totemini qarindoshi, otasi, akasi, doʻsti, deb hisoblaydi. Markaziy Osiyoda keng tarqalgan muchal ham totemizm bilan bogʻliq. Odatda, odamlarning tugʻilgan yillari muchal bilan aytiladi: mush(sichqon), mor(ilon), asp(ot) va hokazo. Qadimda muqaddaslashtirilgan totemlarni oʻldirish, otish taqiqlangan. Masalan, hindlar sigir, ilon, maymun, fil va boshqalarnini eʼzozlasa, boshqa xalqlarda archa, murch, isiriq, musicha, qaldirgʻoch, mullatoʻrgʻay va boshqalar eʼzozlanadi. Totemizm unsurlari jahon dinlari boʻlmish buddaviylik, xristian va islom dinida ham uchraydi.

1 Izoh

Diyor

14:05 / 08.05.2024

Yaxshi

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 111
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 202
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 556
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 332
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 493
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232778
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112587
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65219
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55043
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49432
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39065
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38124
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36683
“Avesto”

//