Tinchlikparvarlik


Saqlash
16:11 / 03.11.2023 0 924

Tinchlikparvarlik – insonlarning tinch-xotirjam, yaratuvchanlik, bunyodkorlik, ijod qilish, yaratgan ijod mahsullarining uzoq yillar mobaynida xalqi, el-yurti, Vatani va umuman, insoniyatga xizmat qilishiga ishonch-eʼtiqod, hayotning qadriga yetish, tiriklikni ulugʻlash ruhidagi faoliyati va xatti-harakatlari bilan bogʻliq tarbiyaviy yoʻnalish, xususiyat. Tinchlikparvarlik xususiyati oʻzbek xalqining turmush tarzi, qoʻshiqlari, alla va ertaklari, dostonlarida ham ifodalanadi. Chunki xalqimiz tinch-totuv yashashni, bunyodkorlik, yaratuvchanlikni afzal koʻradigan tinchlikparvar, mehnatkash, bolajon xalq. Xalqimizning ezgu niyatli, ochiq koʻngilli, hammaga yaxshilikni ravo koʻrib yashaydigan xalq ekanini koʻpchilik chet ellik sayyohlar, olimlar ham taʼkidlagan. Masalan, mashhur venger olimi German Vamberi (1832–1913) oʻz asarlarida turkiylarning mehmondoʻst, tinchliksevar, sabr-qanoatli, ogʻir-bosiq xalq ekanini taʼkidlaydi. Tinchlikparvarlik xususiyati kishi xulq-atvorida, xarakterida tarbiya orqali, koʻp yillik hayotiy tajriba vositasida tarkib topadigan xususiyat. Odatda, bu kabi xususiyat, xislat yoki fazilatlar kishilarning ong-tafakkurida shakllana borib, butun bir xalqning xarakteri, maʼnaviyati, milliy xususiyatini belgilaydigan omilga aylanadi. Oʻzbek xalqi ham doʻstlik, ahillik, hamjihatlik, bunyodkorlikni ardoqlab, shu kabi noyob xislatlari bilan umuminsoniyat taraqqiyotiga hissa qoʻshib kelayotgan xalq. Tinchlikparvarlik xalqimiz mentaliteti, orzu-niyatlari, xulq-atvoridagi bosh fazilatlardan hisoblanadi. Bu xususiyat xalqimizga xos boʻlgan mahalla boʻlib yashash, beva-bechoralarga yordam berish, ularga qayishish, hashar va xayr-ehson uyushtirish, yaxshi qoʻshnichilik, saxovatpeshalik kabi qator olijanob anʼana va urf-odatlarda, tarbiya yoʻsinlarida ham koʻrinadi. Xalqimiz murosai madora, qoʻshni haqi, xalq mulki, yaxshilik nima-yu, yomonlik nima ekanligini juda yaxshi biladi. Unga xos “Bir kun urush-janjal boʻlgan yerdan qirq kun baraka qochadi”, “Yon qoʻshni – jon qoʻshni”, “Qoʻshning tinch – sen tinch”, “Tiriklikning boshi birlikda” kabi sermaʼno maqollar tinchlik, ahillik, hamjihatlikning asl mazmun-mohiyatini aks ettirib, tarbiyaviy ahamiyatini taʼkidlaydi. Mamlakatimizning hozirgi tashqi siyosati ham aynan xalqimizning tinchlikparvarligi, yaxshi qoʻshnichilik ibrati, begʻaraz va sof niyatli xalq ekanidan dalolatdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 524
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 491
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 438
Marhamat aya sog‘inchi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225548
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108140
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55811
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41222
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40529
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31833
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30931
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30548
Alpomish

//