Bilasizmi?
Tinchlik va barqarorlik – urushlarga yoʻl qoʻymaslik, davlatlararo nizo va mojarolarni siyosiy vositalar bilan hal etish, mamlakat ichidagi kelishmovchiliklarni tinch yoʻl bilan bartaraf qilish, inson huquqi va qonun ustuvorligini taʼminlash tamoyillarini ifodalovchi tushunchalar. Insoniyat tarixida barcha millat va elatlar irqi, madaniy boyliklari, urf-odatlariga cheksiz hurmat bilan qarab kelingan. Bugungi zamonda maʼnaviy boyliklarni saqlab qolish uchun, avvalo, qonli mojarolarga barham berish, tinchlik va barqarorlik, totuvlikni qaror toptirish, madaniy meros, osori-atiqalar, urf-odatlarni asrab-avaylash, dunyo xalqlarining ilm-fan yutuqlaridan birdek bahramand boʻlishiga erishish zarur. Tinchlik va barqarorlikda: 1) ozodlik, adolat va demokratiya tamoyillariga asoslangan doʻstona va ittifoq madaniyati; 2) zoʻravonlikni qaytaruvchi va nizolar paydo boʻlgan zahoti uni bartaraf etishga chorlaydigan, muammolarni muloqot va muzokaralar yoʻli bilan hal etuvchi madaniyat; 3) oʻz jamiyatining ichki rivojida uning barcha huquqlari, har bir kishining oʻz imkoniyatlarini amalga oshirishda toʻliq ishtirokini taʼminlovchi madaniyatga erishish gʻoyasi asos qilib olinishi kerak. Tinchlik va barqarorlik – bebaho neʼmat, ulugʻ saodatdir. Bashariyat oʻz taraqqiyotining barcha bosqichlarida, avvalo, tinch-totuvlikka intilib kelgan, u – barqaror taraqqiyot garovidir.
Oʻzbek xalqi tinchlik va barqarorlikni yuksak qadrlaydi, uni oʻz orzu-intilishlari, maqsad-muddaolari roʻyobga chiqishining kafolati deb biladi. Shuning uchun doimo Yaratgandan tinchlik va barqarorlik hamda omonlik tilaydi. Lekin, afsuski, hayotda bu ezgu tilaklarning ijobat boʻlishiga doimo qarshilik qiladigan kuchlar ham bor. Ular oʻzlarining gʻarazli maqsadlari, nafs balosi yoʻlida bashariyatni hamisha nizo-adovat, urush va qirgʻinlar domiga tortib keladi. Insoniyat tarixiga nazar tashlansa, keyingi besh ming yil mobaynida odamzod oʻn besh mingdan ziyod katta-kichik urushlarni boshidan kechirganini koʻrish mumkin. Bu – urush va tinchlik, xavfsizlikni taʼminlash masalasi hanuzgacha insoniyat oldidagi eng olamshumul muammo boʻlib qolayotganidan dalolatdir. Holbuki, bashariyat faqat tinchlik va osoyishtalik barqaror boʻlgan taqdirdagina oʻz oliy maqsadlariga erishadi, moddiy va maʼnaviy yuksaklikka koʻtariladi. Sohibqiron Amir Temur va uning nabirasi Mirzo Ulugʻbek Movarounnahrga hukmronlik qilgan 40 yil mobaynida mamlakatda tinchlik va barqarorlik ustuvor boʻlgani sababli ilmfan, madaniyat yuksak taraqqiy etgan, bunyodkorlik ishlari rivojlangan, koʻhna zaminimiz gullab-yashnagan. Aksincha, urush va nizolar insonni odamiylik qiyofasidan ayiradi, jamiyatni butkul tanazzul botqogʻiga botiradi. Oʻttiz yildan buyon oʻzaro harbiy mojarolar tufayli sivilizatsiyadan batamom uzilib, dunyoning eng qoloq mamlakatlaridan biriga aylanib qolgan Afgʻoniston – buning yaqqol dalilidir. Bu mamlakat hududining xavf-xatar oʻchogʻiga aylanib qolgani yurtimizdagi Tinchlik va barqarorlikka, taraqqiyot yoʻlidagi ezgu maqsadlarimizni amalga oshirishga xalaqit bermoqda. Bu – dunyoda yalpi tinchlik va barqarorlikka erishish uchun, avvalo, har bir mamlakat va har bir mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash zarur, degan qarashning bugungi kunda gʻoyatda dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganidan dalolat beradi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq biz yurt tinchligini eng asosiy boylik sifatida asrab kelmoqdamiz. Bugungi va keyingi nasllar ham koʻp mehnat va mashaqqatlar evaziga qoʻlga kiritilgan mana shu bebaho neʼmatni asrab-avaylashi zarur. Shundagina ular xalqimizning asl orzu-intilishlariga, istiqlol yoʻlida jon fido etgan ajdodlarimiz ruhiga munosib voris boʻla oladi. Tinchlik va barqarorlik Vatan ozodligi va mustaqilligi bilan chambarchas bogʻliq. Birovga qaram boʻlgan xalq hech qachon erkin va farovon yashay olmaydi. Shuning uchun ham mustaqillik va tinchlikni asrash, mamlakatimizni tajovuzkor kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz lozim. Yuksak maʼnaviyat, siyosiy madaniyat, millatning gʻoyaviy va mafkuraviy yetukligi tinchlik va barqarorlikni saqlashning muhim omilidir. Xalqimiz uchun azal-azaldan muqaddas boʻlgan bu gʻoya jamiyatdagi turlicha fikr va qarashga ega boʻlgan barcha kuch va harakatlarni birlashtirishga ham da shu orqali milliy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Faqat tinchlik-xotirjamlik, barqarorlik, oʻzaro ahillik bizga munosib hayot baxshida etadi, oʻzimizni, farzandlarimizni barcha musibatlardan asraydi. Tinchlik, xotirjamlik va totuvlik – bular hayotbaxsh chashmalar boʻlib, hozirgi kunda hayot kechirayotganlarning farzandlari va avlodlarida ertangi kunga porloq kelajakka umid va ishonch uygʻotadi. Barqarorlik esa eng katta boyligimiz va muvaffaqiyatli rivojlanishimiz kafolatidir.
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Hikmat
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q