Teologiya


Saqlash
16:11 / 02.11.2023 0 3254

Teologiya (lotincha theo – xudo, logos – taʼlimot) – Xudo toʻgʻrisidagi fan, taʼlimot. Xudo, uning sifatlari, belgi va xususiyatlari toʻgʻrisidagi diniy taʼlimotlarni asoslash va himoya qilish tizimi. Teologiyaga muayyan din tomonidan belgilangan aqidalarning haqiqatligini isbotlash bilan birga, dindorlarning hayot tarzi va meʼyorlari majmui ham kiradi. Oʻrta asrlarda teologiya mafkura sifatida davlat va jamiyatni boshqarish ishlarida ishtirok etgan, shu sabab davlat boshqaruvining teokratiya shakli ham vujudga kelgan. Teologiya oʻrta asr madaniyatining barcha turlarini, ilm-fan, falsafa hamda axloqni oʻzida mujassamlashtirgan yagona tizim shaklida namoyon boʻladi. Teologiyani teosofiya fani ham oʻrganadi. Unga koʻra, barcha tirik mavjudotlarning hayoti ularning tanasini boshqarib turuvchi ilohiy jon, ruhning faoliyati bilan bogʻliq. Inson oʻzining yuksak zakovati yordamida aslida oʻzining ilohiy jon ekanini, shu jon bilan tabiati bir boʻlgan Xudoning tabiatini anglab yetish imkoniyatiga ega boʻlgan. Xudo – oʻzining quvvati bilan butun borliqda mavjud boʻlgan eng kichik tirik zarrachaning ham, eng katta tirik mavjudotning ham ichida alohida mavjud boʻla oladigan, ayni paytda butun borliqni nazorat qilib boshqarib turadigan, cheksiz qudratga ega boʻlgan Oliy Ruhdir. Jon esa Xudo quvvatining ajralmas boʻlagi hisoblangan ruhdir. Alohida ruhning mavjud emasligiga qarab, borliq tirik yoki oʻlik, jonli yoki jonsiz mavjudotlarga boʻlinadi.

 

Teologiya ilmiga asosan, Xudo – yagona mutlaq manba; uning tabiati uch turli koʻrinishda namoyon boʻladi: butun borliq Xudoning ichki va tashqi quvvatidan tarkib topgan; butun olamni ana shu ikki quvvatdan tarkib topgan ikki olamga boʻlish mumkin: ruhiy va moddiy. Xudoning ichki quvvati oliy, ruhiy quvvat, tashqi quvvati esa quyi, moddiy quvvati hisoblanadi. Ruhiy quvvat moddiy quvvatdan ustun va uni boshqarib turadi. Ruh oʻz xohishi bilan ruhiy olamda yoki moddiy olamda yashashi mumkin. Ruhlarning moddiy olamni boshqarish faoliyati aralash quvvat, yaʼni ruhning moddiy hayotidir. Ruhning moddiy olamdagi, bir tanadan ikkinchi tanaga oʻtib, rivojlanish faoliyati ruhning evolyutsiyasi, deb ataladi. Inson tirik mavjudotlar ichida rivojlangan ongga ega, shu sabab ruh va moddaning bir-biridan farqini anglab yetishga qodir mavjudot. Insonni boshqa tirik mavjudotlardan ajratib turuvchi yagona xislati oʻzining ruh ekanini anglab yetishi va hayotda ana shu ilmi asosida yashay olish qobiliyatiga egaligidan iborat. Insoniyat tarixida faqat insonlar jamiyatidagina mavjud boʻlgan turli diniy-falsafiy taʼlimotlar zamon, makon va sharoitga mos ravishda asosan ana shu yagona taʼlimot, ruh va tananing bir-biridan farq qilishini oʻrganadi. Xuddi shuning uchun ham jahonning bir qator mamlakatlari oʻquv yurtlarida dunyoviy ilmlar bilan birga ilohiyot ham oʻqitiladi. Shuningdek, jahonning baʼzi mamlakatlarida, jumladan, Misr Arab Respublikasida Al-Azhar, Tunisda Zaytuna, Hindistonda Aligarx, Pokistonda Panjob, Turkiyada Anqara diniy universitetlari faoliyat koʻrsatib, teologiya asoslarini keng targʻib qilmoqda. Mustaqillikdan soʻng Oʻzbekistonda milliy maʼnaviyatimizning tarkibiy qismi boʻlgan islom maʼnaviyatining tiklanishi natijasida Toshkentda Islom Universiteti ochildi. Bu ilm dargohida islom dini bilan bir qatorda barcha dunyoviy ilmlar, xorijiy tillar, kompyuter asoslari oʻrgatiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 412
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 470
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 282
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 260
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 226700
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108954
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56379
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41648
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41012
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32310
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31238
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30990
Alpomish

//