Teshik chelak haqida hikoya


Saqlash
09:12 / 04.12.2021 0 1539

Qadim zamonda suv tashuvchi bir yigit bo‘lgan ekan. U obkashining ikki chetiga ilingan chelaklarda suv tashir ekan.

 

Chelaklardan birining tagida teshik bo‘lib, manzilga yetguncha suvning yarmi to‘kilib borar ekan. Butun chelak o‘z vazifasini to‘la-to‘kis bajarayotganidan mag‘rurlanar, teshigi esa ishining yarminigina bajara olayotganidan uyalib, hijolat chekar ekan.

 

Bir kuni teshik chelak egasiga debdi: “Men sendan uzr so‘ramoqchiman, olgan suvingning yarmini yetkaza olaman, buning uchun juda hijolatman”.

 

Suv tashuvchi yigit unga javoban: “Seni ko‘tarib keladigan tomonimdagi gullarni ko‘rganmisan? Men ularni ataylab shu tomonga ekkanman. Har safar suv tashiganimda sen ularni sug‘orib ketasan. Yo‘lakning sen tomoni chamanzor. Ko‘rganlarga quvonch baxsh etadi. Men ham necha martalab ayolimga shu gullardan sovg‘a qilganman. Ularning hammasi sening xizmating samarasi... Buning uchun senga rahmat”, debdi.

 

Teshik chelak esa mamnun holda gullarni sug‘orishda davom etibdi.

 

Akbarshoh RASULOV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68948
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58515
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41524
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40142
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40133
Alpomish

//