Taʼmagirlik


Saqlash
16:11 / 01.11.2023 0 1176

Taʼmagirlik – manfaatparastlikning koʻrinishi boʻlib, butun xatti-harakatini shaxsiy manfaat olishga qaratgan shaxsning xulq-atvorini taʼriflaydigan salbiy maʼnaviy sifat. Ushbu tushunchalar hirs, ochkoʻzlik maʼnolarini ham bildiradi. Oʻzbek tilida bu soʻzning maʼnosi birovdan biror narsa undirib qolish, oʻziniki qilib olishni, shu maqsad ilinjida amalga oshirilgan xatti-harakatlarni ifodalaydi. Taʼmagirlik qilish – birovdan biror narsa undirishga umidlanish, shunga intilish, koʻz tutishni anglatsa, ijtimoiy munosabatlarda bu soʻz maʼnosi yanada kengayib, moddiy manfaat koʻrish, ochkoʻzlik, mol-dunyo orttirish yoʻlidagi gʻarazli niyatlar bilan bogʻliq xatti-harakatlarni ham bildiradi. Shu tariqa, taʼmagirlik endilikda kishi xulq-atvoridagi eng jirkanch va nafratga loyiq holatlarni ifoda qiluvchi, birovdan biror nima undirishga ruju qoʻygan, shaxsiy boylik orttirishga mukkasidan ketgan beshafqat, zolim kishilarning kirdikorlarini anglatuvchi soʻzga aylandi. Birovning molidan taʼmagirlik qilish eng yomon illatdir. Alisher Navoiy “Mahbub-ul-qulub” asarida taʼmagirlik haqida shunday yozadi: “Tamaʼ mazallatgʻa dalil va gʻaniy tomeʼ xoru zalil… tamaʼ ahli laim, Xorligʻlar boshi tamaʼ bilgil, doimo azza man qanaʼ bilgil”. Yaʼni, taʼmagirlik tubanlikka dalil, boyigan taʼmagir odam xor va pastkash, xasis kimsa, xorliklar taʼmagirlikdan boshlanadi, qanoat qilgan azizdir. Taʼmagirlik zamon oʻzgarishi, davr taraqqiy etishi bilan yangi-yangi koʻrinishlarda oʻzini namoyon etib kelayotganini koʻrish mumkin. Birovning halol ter toʻkib, mehnat bilan topgan mol-davlatidan ulush olishga intilish – odamning jamiyatdagi obroʻ-eʼtiborini tushiradigan, xudbinligini oshkor qiladigan holat hisoblanadi. Binobarin, taʼmagirlik shaxsni farovonlikka toʻgʻanoq boʻladigan pastkash, tuban, qanoatsiz kimsalar qatoriga kiritish mumkin. Hatto, huquq fanida jinoyat motivlaridan biri sifatida tilga olinadigan bu illatni namoyon etgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi JKning 56-moddasi “k” bandida gʻarazli va boshqa tuban niyatlarda jinoyat sodir etishi, bu esa jazoni aniqlashtiruvchi holat ekani belgilab qoʻyilgan. Darhaqiqat, birovning molidan taʼmagirlik qilish kundalik hayotda shaxs namoyon qiladigan eng yomon illatlardan hisoblanadi. Chunki bu xil illatga giriftor boʻlgan shaxslar jamiyat taraqqiyotiga gʻov boʻlibgina qolmay, davlat ishiga, oʻz lavozimiga isnod keltirishi shubhasizdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 319
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 727
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 961
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 231724
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111967
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64127
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 53796
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 48730
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38710
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37350
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 35366
“Avesto”

//