Tasavvuf


Saqlash
17:10 / 27.10.2023 0 16951

Tasavvuf (arabcha suvf – soʻfiylik) – islomda insonning ruhiy dunyosi toʻgʻrisidagi, uni ruhiy-axloqiy jihatdan komillik sari yetaklovchi taʼlimot; diniy eʼtiqod, soʻfiylik oqimi. “Mistitsizm”, “mistika” soʻzlari qadimgi yunon tilidagi mystikos – “yashirin”, “sirli” soʻzidan olingan boʻlib, ilohiyat bilan bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi taʼlimot. Bu taʼlimot insonning Xudo bilan aql va hissiyotdan yuqori boʻlgan sirli aloqasi boʻlib, uning natijasida inson ongida Xudoni bilish hosil boʻladi. Qadimgi Sharq va yunon dinlarida ham insonni gʻayritabiiy kuchlar bilan bogʻlaydigan urf-odatlar (misteriyalar) – mistitsizm elementlari bor edi. Yakkaxudolik dinlarining barchasida mistitsizmga xos unsurlar mavjud. Hayotning barcha sohalari diniy eʼtiqod bilan bogʻliq boʻlgan oʻrta asrlarda tasavvufning roli katta boʻldi. Tasavvuf, “sufiy” yoki “mutasavvuf” soʻzlarining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Soʻfiylik mualliflari koʻpincha uning kelib chiqishini “suvf” (“sof boʻlmoq”) oʻzagidan yoki “ahl as suffa” (Paygʻambarning Madinadagi uyi yaqinidagi suffaga yigʻiluvchi zohid kishilar)ga tegishli deb taʼkidlaydilar. Gʻarbiy Yevropa tadqiqotchilari to XX asrga qadar uning kelib chiqishini yun. “sophia” (hikmat) soʻzidan kelib chiqqan degan fikrga moyil boʻlishgan. Oʻrta asr musulmon olimlari bu soʻzning “suf” (jun chopon) soʻzidan kelib chiqqanini taʼkidlaganlar. Soʻfiylarning oʻsha davrdagi asosiy belgilari ularning dagʻal jundan kiyim kiyishlari edi. Bu borada Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb eʼtirof etiladi. Qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan toʻqilgan kiyim yoki poʻstin kiyib yurishni odat qilganlar. Bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi ahli dunyolardan farqli hayot tarzini oʻzlarida namoyon etganlar.

 

Tasavvuf va soʻfiy soʻzlari IX asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim Soʻfiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama oʻrnida “zuhd” (zohidlik, tarkidunyochilik), “taqvodorlik”, “parhezkorlik” kabi iboralar ishlatilgan. Misrlik olim Ibrohim Basyuniy “Islomda tasavvufning paydo boʻlishi” nomli kitobida hijriy III–IV asrlarda yashab oʻtgan olimlarning tasavvuf haqidagi 40 ta taʼrifini keltiradi. Shu tariqa, tasavvuf islom shariati talablarini ixlos bilan bajargan holda zuhd, taqvo, kamtarlik kabi olijanob fazilatlarni oʻzida mujassam etib, nafsni poklash yoʻli bilan komil inson darajasiga erishishga harakat qilishdan iborat. Islom huquqshunosligida, sharʼiy koʻrsatmalarni amalga tatbiq etishda 4 ta yoʻnalish boʻlganidek, tasavvufda ham bir necha tariqatlar shakllangan. Mashhurlari – tayfuriya, junaydiya, hakimiya, qodiriya, yassaviyya, malomatiyya, kubroviyya, mavlaviya, naqshbandiya tariqatlaridir. Istiqlol yillarida mamlakatimizda oʻtmish merosimizni oʻrganish, unga doir asarlarni tarjima qilish, atoqli mashoyixlarning maqbaralarini qayta qurish va taʼmirlashga katta ahamiyat berilmoqda. Jumladan, Hakim Termiziy, Najmiddin Kubro, Abduholiq Gʻijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Shayx Zayniddin, Zangi ota, Shayx Xovandi Tohurlarning hayoti va ijodlarini chuqur oʻrganish, ularning bebaho merosidan xalqimizni bahramand etish borasida koʻplab bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 460
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 111
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 154
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 134
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 141
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 222531
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106449
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 46351
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 36126
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 34297
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29358
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28226
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 27760
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//