Tarixiy anʼanalar


Saqlash
17:10 / 26.10.2023 0 709

Tarixiy anʼanalar – tarixiy taraqqiyot jarayonida vujudga keladigan, ajdodlardan avlodlarga meros boʻlib oʻtadigan, kishilar madaniy hayotiga taʼsir oʻtkazadigan maʼnaviy hodisalarni anglatuvchi tushuncha. Tarixiy anʼanalar oʻziga xos ijtimoiy qoida sifatida kishilar ongiga (xalq yoki maʼlum guruh shuuriga) singib ketgan tartib va qoidalar majmui hisoblanadi. Tarixiy anʼanalar hayotning turli jihatlarini oʻzida aks ettirib, koʻproq urf-odat va marosimlarda namoyon boʻladi. Bunday anʼanalar millat va elat ijtimoiy hayotida tarixiy vorislik asosida har bir davrda sayqallanib, keyingi avlodlarga uzatib kelinadi. Tarixiy anʼanalarning vorisiyligi millat va xalqning muayyan davrdagi oʻziga xos xususiyati, hayot tarzi, madaniyati, fani, adabiyoti va boshqa sohalarda erishilgan natija va yutuqlarini keyingi avlodlarga bekamu-koʻst yetib borishini taʼminlaydi. Tarixiy anʼanalar turli-tuman boʻlib, ularda har bir davrga xos xususiyatlar mujassam boʻladi. Tarixiy anʼanalar qaysi davrda yaratilishidan qatʼi nazar, madaniy hamda maʼnaviy-axloqiy xususiyatlarni oʻzida mujassam etadi. Tarixiy anʼanalar millat yoki xalqni birlashtirish, avlodlarni oʻzaro bogʻlash, jamiyatda umumiy birlik va hamjihatlikni taʼminlash vositasidir. Tarixiy anʼanalarda axloqiy va madaniy qirralarning betakrorligi, muayyan xalq, millat yoki elat hayotining oʻziga xosligi, vorisiylikning muhim jihatlari namoyon boʻladi.

 

Har bir xalq oʻz tarixiy anʼanalarining sohibi, ularning saqlovchisi, rivojlantiruvchisi hamda kelajak avlodlarga uzatuvchisidir. Muayyan davrda bu boradagi uzilishlar milliy maʼnaviyatda koʻplab yoʻqotishlarga sabab boʻladi. Sobiq mustabid tuzum sharoitidagi mafkuraviy tazyiqlar milliy qadriyatlar bilan bir qatorda tarixiy anʼanalarni saqlashga ham salbiy taʼsir koʻrsatgan edi. Masalan, Navroʻz bayramini nishonlash qoralanib, uni xalqning ongidan siqib chiqarishga harakat qilindi. Shu tariqa, tarixiy anʼanalarning aksariyati “oʻtmish qoldiqlari” sifatida baholanib, yangicha madaniyat va yangicha anʼanalar sharoitida ularning barham topishi toʻgʻrisidagi soxta aqidalar targʻib qilinar edi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng tarixiy anʼanalarni tiklashga eʼtibor kuchaydi. Ular mustaqillikni mustahkamlashning muhim vositasi, kishilarni maʼnaviy kamolotga yetkazish omili sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda. Tarixiy anʼanalarning jamiyatdagi ahamiyati, millat va har bir insonga taʼsiri, ayniqsa, hozirgi davrda yaqqol namoyon boʻlmoqda. Istiqlol tarixiy anʼanalarni yanada toʻlaroq va kengroq oʻrganib, ijobiy jihatlarini hayotga tatbiq etish, ularni asrab-avaylash va kelajakka omon-eson yetkazish uchun keng imkoniyatlar yaratdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 186
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 141
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 117
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 567
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225822
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108300
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55960
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41322
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40650
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31926
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31007
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30678
Alpomish

//