Tanballik


Saqlash
16:10 / 24.10.2023 0 1088

Tanballik – ishyoqmaslik, dangasalik kabi maʼnaviy illatlarni ifodalovchi tushuncha. Tanballik insonlardagi salbiy xususiyat hisoblanadi. Tanbal kishi yolchitib mehnat qilmasa-da, yaxshi yashashni xohlaydi, birovlarning mehnati evaziga kun kechirishdan aslo uyalmaydi. Tanballik tushunchasi maʼlum maʼnoda surbetlikka oʻxshab ketadi. Tanballik turli yoshdagi har bir insonga nisbatan qoʻllanishi mumkin. Chunki ayrim insonlar borki, butun hayoti davomida “tirik tovon”, yaʼni oʻliktirigini ham boshqa kishining zimmasiga yuklab qoʻyadi. Holbuki, bu inson “toʻrt muchasi sogʻ”, jismonan baquvvat, hatto “aqlli” ham. Ayyorlik, mehnat qilmay kun koʻrish kabi salbiy xususiyatlarga ega boʻladi. Tanballik “mehnatsevarlik”, “ishchanlik” kabi soʻzlar bilan qarama-qarshi maʼnoda keladi. Mehnatsevar kishilar halollik, peshona teri evaziga kun koʻradi. Tanballar esa buning aksi hisoblanadi, tanballar bora-bora odamlar nafratiga uchraydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 357
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 594
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 540
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 876
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 569
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233908
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67654
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56500
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50917
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39419
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39215
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38681
“Avesto”

//