Tanazzul


Saqlash
16:10 / 24.10.2023 0 816

Tanazzul – tamaddun va umumijtimoiy taraqqiyotning ziddi, tabiiy-ijtimoiy oʻzgarishlarning beqarorlashuvi, inson va jamiyatning zaiflashib, muammolar ichida qolganini anglatuvchi tushuncha. Odatda, tanazzulning tabiiy-sivilizatsiyaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ijodiy, psixologik turlari ajratib oʻrganiladi. Bundan maʼlum boʻladiki, tanazzulning turli tomonlari, bosqichlari, uning muayyan xususiyatlari turli fan vakillari tomonidan oʻrganilib, ularning har biri oʻzining sohasiga oid alohida nazariyalarini ishlab chiqadi va mukammallashtirib boradi. Oʻz navbatida, bu fanlarning har biri tanazzulning u yoki bu sifatiy oʻzgarishlarini xarak terlaydi. Tanazzul ayniqsa, keyingi paytlarda jamiyatda yuz berayotgan oʻzgarishlar tahlikali tendensiyalar, halokatlar xavfi boʻlgan jarayonlarni ham oʻz ichiga olayotgani ravshan boʻlmoqda. Bu jarayonlarni toʻgʻri tushunib olish va ularga toʻgʻri yondashib, oqilona xulosalar chiqarish har bir insondan yangicha fikrlashni talab etadi. Masalan, odamzodning tabiat boyliklaridan talontarojlik bilan foydalanib kelishi oqibatida bugungi kunga kelib global ekologik inqiroz xavfi paydo boʻldi. Shuning uchun tabiat va jamiyatda yuz berayotgan hozirgi jarayonlarning tahlili rivojlanish kategoriyasini tubdan qayta koʻrib chiqishni taqozo qilmoqda. Bunga sabab tanazzul vaqtida turli xil oʻzgarishlarning ziddiyatli xarakterlari namoyon boʻlayotganligidir. Tanazzul mustaqillik davrida nashr etilgan ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalarda paydo boʻlib, anʼanaviy muomaladagi “krizis” va uni bir-biri bilan qiyoslash asnosida ular oʻzaro mutlaq aynan emasligi, mazmunan farqlanishi koʻzga tashlanadi. Masalan, “maʼnaviy tanazzul” tushunchasisi aynan maʼnaviyat olamida roʻy beradigan yemirilish jarayonini ifoda etadi.

 

Siyosiy tanazzulda jamiyat siyosiy asoslari, iqtisodiy tanazzulda uning ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarida keskin vaziyat, oʻta xatarli jarayonlar vujudga kelganini anglatadi. Yakkahokimlik, totalitarizm, terrorizm, ekstremizm, separatizm kabilarni ham tanazzul bilan bogʻliq holda tahlil etish mumkin. Tanazzul yunoncha “inqiroz”, “yangilanish” maʼnosini anglatishini eʼtiborga olib, taraqqiyotning muayyan davrida ijtimoiy munosabatlarning eskirgani, zamon talabidan ortda qolgani, eng muhimi, uning zamirida yangilanish boshlanayotgani sifatida talqin etish, boshqacha aytganda, tanazzulni jamiyat hayotining turli sohalarida vujudga kelgan inqirozning eng keskin pallasi, yangilanishga ehtiyoj tugʻilgan holat sifatida ham tushunish mumkin. Shu maʼnoda, butun dunyoda roʻy berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz bugungi kundagi tanazzulning namoyon boʻlish shakllaridan biridir, deyish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1262
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 241
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 258
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 198
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 216
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223191
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106769
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48837
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 37037
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35440
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29647
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28557
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28485
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//