Talonchilik


Saqlash
17:10 / 23.10.2023 0 1089

Talonchilik – biron-bir kishiga tegishli mol-mulk, millat yoki davlat hududini talon-taroj qilishni ifodalovchi, salbiy maʼnoga ega boʻlgan tushuncha. Maʼnaviyat tamoyillaridan mahrum boʻlgan kishigina talonchilikni oʻziga kasb qilib olishi mumkin. Alisher Navoiy “Hayratul-abror” dostonida: “Qilgan xatolaring hisoblab chiqilganidan keyin har bittasiga yuz azob tortasan. Agar birovdan tortib olganing siniq igna boʻlsa ham, u yerda olmos xanjar boʻlib bagʻringga qadaladi”, deb talonchilik, oʻgʻrilik bilan insonlarga jabr-zulm koʻrsatuvchi kimsalarni yaxshilikka, insof va diyonatga chorlaydi. Talonchilik “oʻgʻirlik” soʻzi bilan maʼnodosh hisoblanadi. Talonchi, yaʼni oʻgʻrida hech qanday mehnat qilmasdan birovning shaxsiy mulkiga koʻz olaytirish, “tayyorga ayyor” qabilida, mulkka bir zumda, darrov egalik qilish ishtiyoqi yuqori boʻladi. Shuning uchun ham bunday xususiyatga ega boʻlgan insonlardan mumkin qadar uzoqroq yurishadi. Chunki ular oʻgʻrilik qilib, kishilar “yuragiga vahima solib” turishadi. Talonchilik kishidan puxta, pishiq boʻlishni talab qiladi. Shuning uchun ham xalqimizda “Oʻzingga puxta boʻl, qoʻshningni oʻgʻri tutma” degan naql bejiz aytilmagan. Inson pishiq-puxta, doimo ogoh va hushyor boʻlishi lozim. Shu tariqa talonchilik va oʻgʻrilikka barham berish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 321
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 557
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 486
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 825
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 543
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233784
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113219
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67344
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56268
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50709
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39371
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39082
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38416
“Avesto”

//