Tabiat


Saqlash
16:10 / 20.10.2023 0 14744

Tabiat – gʻoyat xilma-xil shakllari, tarkibiy qismlari bilan insoniyatni qurshab turgan organik va anorganik olam, oʻsimlik va hayvonot dunyosi. Insoniyat uning bir qismi boʻlgani bois, uning mohiyati bir tomondan, tabiiy (biologik), ikkinchi tomondan, ijtimoiydir. Tabiat tushunchasi koʻproq keng va qisman tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda tabiat butun obyektiv borliq, real voqelik, turli-tuman koʻrinishlardagi olam. Tor maʼnoda tabiat fan, asosan, tabiiy fanlar, tabiatshunoslik oʻrganadigan obyektdir. Tabiat darajalari 2 xil: birlamchi tabiat, ikkilamchi tabiatdir. Bularning birinchisi, insoniyatdan xoli, mustasno tarzda, sof tabiiy holda mavjud boʻlgan tabiatdir; ikkinchisi, insoniyat ishtirokida hosil etilgan tabiiy neʼmatlar – tuproq, suv havzalari va kanallar, daraxtzorlar, ekinzoru mevazorlar, aholi maskanlari – shahar, qishloq va boshqa tabiat tushunchasi insoniyat jamiyatining hayot faoliyati yuz beradigan tabiiy sharoitlar majmui sifatida ham ishlatiladi, oʻrganiladi. Chunki bu maʼnodagi tabiat tushunchasi shunchaki (oddiy) fan obyekti (predmeti) sifatida emas, inson va jamiyatning tarixan ijtimoiy munosabatlar tizimida tutgan oʻrni va bajaradigan funksiyasi bilan tavsiflanadi. Demak, tabiat tushunchasi birinchi tabiiy sharoitlarni emas, balki ijtimoiy-foydali mehnat jarayonida bunyod etiladigan moddiy neʼmatlarni ham ifodalaydi. Bu jihatdan u shartli ravishda ikkilamchi yoki aksariyat hollarda ikkinchi tabiat deb ataladi. Binobarin, insonning hayot faoliyati tabiatga nisbatan oʻrnatiladigan faoliyatining real poydevori (negizi)ni tashkil qiladi. Shu boisdan jamiyat taraqqiyoti jarayonida tabiatga boʻlgan munosabatning oʻzgarib borishi insoniyat hayot faoliyatining xususiyati, miqyosi (koʻlami) va yoʻnalishlarini belgilaydi. Bular oqilona yoʻldan borsa, tabiat bilan insoniyat orasi buzilmaydi va aksincha.

 

Insoniyat faoliyati turlarining takomillashuvi tabiatga boʻlgan falsafiy, yaʼni nazariy, maʼnaviy, madaniy munosabatni belgilaydi. Insoniyatning tabiatga nisbatan munosabati doim oʻzgarib, rivojlanib, goh yaxshilanib, goh yomonlashib kelmoqda. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumida odamlar tabiatni tanti deb hisoblashgan. Bu hol animizm deb nom olgan dinda oʻz ifodasini topgan. U davrda inson bilan tabiat bir-biriga qarama-qarshi qoʻyilmagan, ibtidoiy dinlarda tabiat ruhiy ibtidoning oddiy gavdalanishi, undagi hamma narsa oʻtkinchi deb isbotlangan. Yevropada XV–XVI asrlardagi Uygʻonish (Renessans) davrida tabiat tabiiylik, uygʻunlik va mukammallikning namoyon boʻlishi sifatida talqin etilgan. Bu mavqe keyinchalik tabiiy huquq nazariyasida oʻz ifodasini topgan. Aslini olganda, tabiatdagi uygʻunlik va mukammallik mutlaq emas, nisbiydir. Tabiatning oʻz qonunlari bor. Bular oʻzining taʼsiri, umumiylik darajasi, xususiyatlari jihatidan bir-biridan farqlanadi. Masalan, yashash uchun kurash qonuni hayvonlardan bir-birining kushandasi sifatida yuz beradi; tabiatdagi qonunlar uch kategoriyaga boʻlinadi. Qonunlarning birinchi turi xususiy tor doiradagi qonunlardir; bularga doimiy atmosferada bosim bilan gaz hajmining oʻzaro aloqadorligi, elementlarning erkin, muayyan turdagi tirik organizmlar populyatsiyasining miqdori va boshqalar kiradi. Populyatsiyaning ikkinchi turi umumiy qonunlardir. Bularga mexanikaning hammaga maʼlum 3 qonuni: elektromagnitizm, tabiiy tanlanish qonunlari kiradi. Bu qonunlarning uchinchi turi eng umumiy qonunlar boʻlib, bular qatoriga energiyaning saqlanish qonuni, butun olamning tortilish qonuni, informatsiyani oʻrtacha va oʻzgartirish qonuni va boshqalar kiradi. Tabiatdan samarali foydalanish uchun yuqoridagi qonunlarni yaxshi bilish va ularga amal qilish taqozo etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1262
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 241
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 258
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 198
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 216
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223191
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106769
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48836
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 37037
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35440
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29647
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28557
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28485
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//