Soʻz erkinligi


Saqlash
15:10 / 20.10.2023 0 2059

Soʻz erkinligi – shaxsning oʻz fikrini bildirish, aytish erkinligi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Soʻz erkinligi va vijdon erkinligi mustahkam kafolatlangan. Soʻz erkinligi axborot makonining ochiqligi yoʻlidan borib, aynan mana shu yoʻl demokratiyaning rivojlanishi, davlatning iqtisodiy salohiyatining mustahkamlanishi, mavjud ijtimoiy illatlarning bartaraf etilishiga olib boradi, degan qarashlar ham bor. Jamiyatda turli fikr va munosabatlarni ifoda etishga talab katta. OAV esa aholining kayfiyatini aks ettiradi. Bugungi dunyoda soʻz erkinligining ikkinchi tomoni ham mavjud. U nafaqat ishontirish, balki yoʻldan urishi, nafaqat maʼrifat ulashib, balki adashtirishi ham mumkin. Ammo bularning barchasi tom maʼnodagi soʻz erkinligini ifoda etmaydi. Zero, soʻz va faktlarni manipulyatsiya qilish boshqalarning erkin boʻla olmasligiga sabab boʻladi. Baʼzi mamlakatlarda istisno holatlar ham mavjud va bunda matbuot manfaatlari undanda muhimroq, masalan, igʻvodan himoyalanish, milliy manfaatlarni himoya qilish, insonlarning xususiy hayotini reportyorlarning aralashuvidan xoli qilish manfaatlariga boʻysunishi lozim boʻladi. OAVga nisbatan ularning qancha huquqlari boʻlsa, yana shuncha majburiyatlari ham mavjud. Bu esa matbuot, radio va TVning soʻz erkinligi bilan bogʻliq imkoniyatlari kengligidan dalolat beradi. Oʻzbekiston Respublikasining OAV toʻgʻrisidagi qonunlarida bu boradagi barcha tamoyillar oʻz ifodasini topgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 321
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 557
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 486
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 825
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 543
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233783
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113219
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67344
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56268
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50709
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39371
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39082
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38416
“Avesto”

//