Bilasizmi?
Suqrot (miloddan avvalgi 469 – Afina – 399) – qadimgi yunon mumtoz falsafasining asoschisi, afinalik birinchi faylasuf. Suqrot haykaltarosh ham boʻlgan. Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan. U oʻz davrida hukmronlik qilib kelayotgan Afina demokratik tuzumiga qarshi chiqib, yangi Xudo haqidagi oʻz fikrini bayon qilgani uchun Afina ruhoniylari uni dahriylikda hamda yoshlarni axloqan buzishda ayblab, uni sudga tortilishini talab qilib chiqqanlar. Suqrotga qoʻyilgan ayb siyosiy boʻlsa-da, lekin uni dinga qarshi chiqqanlikda ayblashgan. Aytishlaricha, Suqrotning shogirdlari uni zindondan ozod qilish va qochirib yuborish chorasini topganlar. Ammo Suqrot “Afina qonunlarini tanqid qilsam-da, ularni yetuk emas deb bilsam-da, ammo bu qonunlarni afinaliklar qabul qilgan ekan, ularga boʻysunmaslikka haqqim yoʻq. Yoshim bir joyga borganida ularni buzib, avlodlarning tavqi-laʼnatiga qolmay”, – degan fikr bilan zindondan qochib ketmagan. Suqrot oʻz ustidan chiqarilgan hukmga eʼtiroz bildirmasdan, oʻlimni ixtiyoriy ravishda tanlab, qadahga qoʻshilgan zahardan halok boʻladi. Faylasuf Ksenofontning yozishicha, Suqrot Afina demokratiyasining “buyuk yutugʻi” deya taʼriflangan – rahbarlarni qurʼa tashlash yoʻli bilan saylash tamoyilini keskin qoralab, davlat mansabdorlarini loviya (oq va qora loviyalarni qopdan olib tashlash yoʻli bilan muayyan lavozimga saylov oʻtkazish) vositasida saylashning beʼmaniligi haqida soʻzlab, shogirdlari koʻnglida mavjud qonun-qoidalarga nisbatan nafrat uy gʻotgan. Uning bu qarashlari davlatga emas, balki tartibotga qarshi boʻlgan.
Suqrot oʻz taʼlimotini ogʻzaki ravishda koʻcha-koʻyda, maydonlarda, hiyobonlarda oʻz shogirdlari va izdoshlari bilan suhbatlarda bayon qilgan, lekin bironta ham asar yozmagan. Uning falsafiy, axloqiy taʼlimotini shogirdlari Ksenofont, Aristofan va Platonlarning asarlari orqali bilib olishimiz mumkin. Ksenofont “Suqrot haqida esdaliklar” asarida oʻz ustozi haqida iliq soʻzlar aytib, uni olijanob ustoz, axloq-odob borasida haqqoniy fikr yuritgan, insoniy fazilatlarni qadrlashga daʼvat etgan kishi sifatida tasvirlaydi. Yoshlarning axloqini buzganligi toʻgʻrisidagi fikrlar soxta va boʻhton ekanligini taʼkidlaydi. Platon oʻz ustozini chuqur mulohazali, insonni ulugʻlovchi donishmand sifatida gavdalantirib, oʻz falsafiy qarashlarini “Suqrot” nomidagi asarlarida bayon etgan. Suqrot oʻziga qadar oʻtgan va oʻz davridagi faylasuflarning tabiat borliqning asosi, uning qonuniyatlarini oʻrganish kerak, degan fikrlariga qarshi chiqib, inson muammosiga, uning ijtimoiy hayotdagi oʻrni, maʼnaviy fazilatlari, axloq-odobga, ilmning mohiyati masalalariga eʼtibor qaratish lozimligini uqtiradi. Suqrot taʼlimoticha, axloq masalalari falsafaning markazida turmogʻi lozim. Jamiyat ravnaqi, tinch va osoyishtalikka, farovon hayot esa axloq-odob yuksak boʻlishiga bogʻliq. Suqrot inson bilimining cheksizligi, haqiqatning nisbiyligi, olamning bepoyonligini teran anglagan. Uning “Kuch – bilimda”, “Qancha koʻp bilsam, shuncha koʻp bilmasligimni bildim”, “Oʻz-oʻzingni angla” kabi fikrlari jahon xalqlarining hikmatli soʻzlari xazinasidan joy olgan. Suqrot qarashlari insoniyatning maʼnaviy taraqqiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Suqrot Perikl xonadoni toʻgaragida (tabiatshunos Arxelay, faylasuf Anaksagor, sofizm taʼminoti asoschisi Protagor, aporiyalar muallifi, paradoksal fikrlovchi Zenon, meʼmor Fidiy va boshqa faylasuflar ishtirok etadigan toʻgarak) “Jamiyat jaholatdan xalos boʻlib, maʼnaviy-maʼrifiy takomillik sari borishi, inson erkinlik neʼmatidan oqilona foydalana olishi mumkinmi?” degan savolni oʻrtaga tashlagan va umrining oxirigacha javob izlagan. Bu savolga esa hozirga qadar javob izlanadi.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
1 Izoh
Akramjon
15:03 / 02.03.2024
Judayam foydali böldi men uchun bu maqola bu maqolani chiqargan insonlarga õz minnatdorchiligimni bildiraman