Ssiyentizm


Saqlash
17:10 / 19.10.2023 0 1180

Ssiyentizm (lotincha scientia – bilim, fan) – ilmiy bilim insonning eng oliy qadriyati, degan tasavvur beruvchi yoʻnalish. Ssiyentizm uchun ilm-fanni mutlaqlashtirish, uni hayotning boshqa shakllariga qarama-qarshi qilib qoʻyish va unga barcha muammolarni hal qilish vositasi sifatida yondashishdir.

 

Ssiyentizm ikki xil koʻrinishga ega: 1) aksiologik koʻrinishda ilm-fan madaniyatning eng yuksak qadriyati deb tushuniladi, inson oʻz faoliyatida madaniyatning faqat shu shakliga tayanishi lozim, degan gʻoya ilgari suriladi. Bu yondashuvga koʻra, ijtimoiy va madaniy taraqqiyot ilm-fan rivojlanishi mahsulidir; 2) metodologik ssiyentizm boʻlib, aniq va tabiiy fanlarni mutlaqlashtirib, ularning uslublarini universal, deb hisoblaydi va ular boshqa sohalar, jumladan, gumanitar fanlar uchun xam asos sifatida xizmat qilishi lozim, degan fikrni ilgari suradi. Hozirgi davrda ilm-fanning jadal rivojlanishi, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalar, kompyuter texnikalarining kirib kelishi ssiyentistik dunyoqarashning kuchayishiga sabab boʻldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 321
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 557
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 486
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 825
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 543
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233783
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113219
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67324
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56268
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50709
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39371
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39082
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38416
“Avesto”

//