Sxolastika


Saqlash
16:10 / 19.10.2023 0 2560

Sxolastika (yunoncha maktab) – Yevropada xristianlik eʼtiqodini yoyish, uning mazmunini tushuntirish va aqidalarini asoslashni maqsad qilgan diniy-falsafiy oqim. Sxolastik fikrlash baʼzan kishilarni maʼlum aqidalar asosida yashashga undaydigan, hatto buzgʻunchi gʻoyalarga ishontirish va vayronkor xatti-harakatlarga daʼvat etadigan targʻibot shakli sifatida ham namoyon boʻlib kelgan. IX asrda yashab ijod qilgan Ioan Skott Eriugena sxolastik falsafaning mustaqil gʻoyaviy-nazariy tizimi va oʻz muammolari doirasiga ega boʻlgan ilm sohasi sifatida shakllanishiga asos solgan. Iqtisodiyoti mustahkamlanib, ijtimoiy-siyosiy huquqi kengayib borayotgan shaharlarda huquq, tibbiyot, meʼmorchilik, riyoziyot, mexanika, boshqaruvchilikka oid ilmlarga, shu sohalar boʻyicha mutaxassislarga talab va ehtiyoj ortgan. Falsafada esa hurfikrlilikka intilish kuchaygan. Sxolastika falsafasi IX asrdan beri muhokama qilib kelayotgan mavzular (“Injil”da keltirilgan soʻzlar maʼnosini tushunish va tushuntirish, eʼtiqod va ilm oʻrtasidagi munosabat, inson bilimining tabiati va boshqa) yana bahs doirasiga tortilgan. Ayniqsa, eʼtiqodning ilmga, yaratilganning Yaratuvchiga, yakkalikning umumiylikka munosabati muammosiga doir bahs ikki oʻzaro qarama-qarshi falsafiy yoʻnalish – realizm va nominalizmni keltirib chiqargan. Realizm va nominalizm koʻp asrlar davomida Gʻarb tafakkuri tarixida goh mustaqil, goh boshqa taʼlimotlar doirasida rivojlangan sxolastika falsafasi yoʻnalishlaridir. Bu yoʻnalishlar oʻrta asrlar maʼnaviyati va fan taraqqiyotiga juda katta taʼsir koʻrsatgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 321
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 557
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 486
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 825
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 543
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233784
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113219
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67346
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56269
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50709
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39371
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39082
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38416
“Avesto”

//