Sogʻlom mafkura


Saqlash
16:10 / 19.10.2023 0 850

Sogʻlom mafkura – umuminsoniylikning ustuvorligi tamoyiliga tayanadigan, ijtimoiy taraqqiyotni taʼminlovchi ezgu va bunyodkor gʻoyalar tizimiga asoslanadigan mafkura shakli. Jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan, odatda uning tanazzuli, halokatiga sabab boʻladigan fashizm, kommunizm, diniy ektsremizm kabi nosogʻlom mafkura shakllaridan farqli oʻlaroq, Sogʻlom mafkura insoniyat taraqqiyotini tezlashtiradi. Sogʻlom mafkura jamiyatimizda bugun mavjud boʻlgan xilma-xil fikrlar va gʻoyalar, erkin qarashlardan, toifa va guruhlarning intilish va umidlaridan, har qanday insonning eʼtiqodi va dunyoqarashidan qatʼi nazar, ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona gʻoyadir. Sogʻlom mafkura jamiyatdagi mulkiy plyuralizm, fikrlar rang-barangligi, koʻppartiya viylik sharoitiga mos keladi. U davlat doktrinasi emas, balki muayyan jamiyatning hayoti va taraqqiyotini taʼminlaydigan umumiy tamoyillarni ifodalaydi. Bunday sharoitda davlat ana shu tamoyillarga barcha fuqarolarning amal qilishini huquqiy kafolatlaydi. Sogʻlom mafkuraga ehtiyoj bugungi kunda tarixiy zaruratga aylandi. Zero, bunday mafkurasiz jamiyat samarali taraqqiy eta olmaydi.

 

Maʼlumki, kishilar ongiga oʻrnashib qolgan eskicha mafkuraviy qarashlar qolipidan chiqish murakkab ruhiy jarayondir. Oʻtish davriga xos boʻlgan qiyinchiliklardan biri ham odamlar tafakkuri, ruhiyatida tub oʻzgarishlarga erishishdir. Zero, eski mustabid tuzum davrida kishilar ongiga faqatgina bir mafkura “abadiy”, “oʻzgarmas”, “mutlaq” deb singdirilgan edi. Bugungi kunga kelib ana shunday mafkuraviy yakkahokimlikka barham beradigan, umumxalq manfaatlariga mos keladigan, aholining barcha tabaqalari, qatlamlarining talab-ehtiyojlari, maqsad va intilishlari, orzu-istaklarini qondiradigan sogʻlom mafkura paydo boʻldi. Milliy gʻoya ana shu zaruratning natijasi sifatida vujudga keldi. Shunga koʻra, endigi vazifa mustaqil Oʻzbekiston yoshlarini sogʻlom mafkura, milliy tarbiya asosida voyaga yetkazish hisoblanadi. Bunda farzandlarimizning gʻoyaviy-siyosiy, mehnat va estetik tarbiyasiga istiqlol gʻoyalari nuqtai nazaridan yondashish talab etiladi. Yosh avlod vakillari mustaqillik, millatparvarlik, baynalmilallik gʻoyalariga asoslangan sogʻlom mafkura bilan qurollansagina, ular Vatan va xalq, inson, ona yurt qadriga yetadigan fuqarolar boʻlib ulgʻayadi. Mustaqil Oʻzbekiston yoshlarining sogʻlom mafkura asosida vatanparvar, xalqqa qayishadigan, fidoyi, ota-bobolar ishiga, istiqlol gʻoyalariga sadoqatli qilib tarbiyalashda milliy-adabiy qahramonlarimiz, Vatan ozodligi, yurt obodligi, farovon hayot yoʻlida jon fido etgan botirlarimiz siymolari, ularning jasorati ibrat, namuna rolini oʻynamogʻi maqsadga muvofiqdir. Botir Shiroq, vatanparvar Toʻmaris, mard va yovqur Jaloliddin Manguberdi, fidoyi Najmiddin Kubro, mustaqil va markazlashgan davlat qurish yoʻlida aql-idrokini, qudratini sarflagan Sohibqiron Amir Temur kabi jasur bobolarimizning hayoti va faoliyatini chuqur oʻrganmogʻimiz darkor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 631
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 879
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 231202
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111671
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 63503
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 52913
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 48192
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38524
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 36767
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

20:05 / 16.05.2023 0 33872
Bagʻrikenglik

//