Sogʻlom avlod


Saqlash
16:10 / 19.10.2023 0 1296

Sogʻlom avlod – jismonan sogʻ, maʼnan barkamol, zararli taʼsirlardan, salbiy xislat, illat va shu kabilardan xoli, toza, pok, sogʻlom fikrli avlod. Sogʻlom avlod – sogʻlom naslli, jismoniy baquvvat, ruhi tetik, fikri tiniq, iymon-eʼtiqodli, maʼnaviyatli, mard va jasur, vatanparvar shaxs. Sogʻlom bolaning tugʻilishi, eng avvalo, ota-onaning sogʻligiga bogʻliq. Sogʻlom oila boʻlmasa, barkamol avlod ham, istiqboli porloq millat ham boʻlmaydi. Mamlakatimizda bu masalaga nihoyatda katta eʼtibor berib kelinmoqda. 1993-yil 4-martda Oʻzbekistonda birinchi oliy davlat nishoni – “Sogʻlom avlod uchun” ordeni, 1993-yil 3-iyunda “Sogʻlom avlod uchun” Xalqaro xayriya jamgʻarmasi tashkil etildi. Jamgʻarmaning asosiy vazifalaridan biri, mamlakatimizda yosh avlodni sogʻlomlashtirish milliy dasturining ona salomatligini muhofaza qilish qismini amalga oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish ishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishdan iborat. Hukumatimiz tomonidan 1998-yil – “Oila yili”, 1999-yil – “Ayollar yili”, 2000-yil – “Sogʻlom avlod yili”, 2001-yil – “Onalar va bolalar yili”, deb eʼlon qilindi. 1998-yil 30-aprelda esa Oliy Majlis “Oila kodeksi”ni qabul qildi. Oʻzbekiston Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tuzildi. 2000-yil 15-fevralda Vazirlar Mahkamasining “Sogʻlom avlod davlat dasturi toʻgʻrisida” Qarori qabul qilindi. 2001-yil “Onalar va bolalar yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan va Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining 2000-yil 19-dekabrdagi 1306-sonli farmoyishiga muvofiq, 2001-yil 5-fevralda Vazirlar Mahkamasi “Ona va bola” davlat dasturi toʻgʻrisida Qaror qabul qildi. Asosiy maqsad – sogʻlom, barkamol avlodni tarbiyalash, har tomonlama komil insonni voyaga yetkazishdan iborat. Hozirgi kunda ham mamlakatimizda sogʻlom avlodni voyaga yetkazishga katta eʼtibor berilmoqda. 2008-yilning “Yoshlar yili” deb nomlanishi ham bu fikrni tasdiqlaydi. Keyingi yillarda bu borada nihoyatda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. 2016-yilda qabul qilingan ushbu sohadagi qonun esa, nafaqat bugun, balki kelajakda ham sogʻlom avlodni tarbiyalash borasidagi ustuvor yoʻnalishlar va dolzarb vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 198
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 141
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 118
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 569
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225825
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108304
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55962
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41323
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40652
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31927
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31007
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30681
Alpomish

//