Soxtalik


Saqlash
15:10 / 19.10.2023 0 1072

Soxtalik – qalbakilik, yuza kilik, yasamalik, soxta ish, xatti-harakat va qalloblik kabi maʼnaviy illatlarni ifodalovchi tushuncha. Xalqimizda “Odamning olasi ichida, narsaning olasi sirtida” degan hikmatli soʻz bor. Hazrat Navoiy soxtalikni shunday taʼriflaydi: “Mevaning magʻzi boʻlgandan keyin uning poʻsti ham boʻladi; odamning dushmani ham boʻladi, doʻsti ham. Jahon yaxshi va yomondan xoli emas, lekin yomon yuzada boʻladi, yaxshi yashirin. Kimki toʻgʻrilik yoʻlini bilmoqchi boʻlsa, bilsinki, bu ikki xil boʻladi. Biri shuki, kishining soʻzi toʻgʻri boʻlsa, uning soʻzi bilan birga oʻzi ham toʻgʻri boʻlishi kerak. Yana biri shuki, yolgʻon gapni baʼzilar taassuf bilan, uyalganidan «Toʻgʻri!” deydi. Oldingisi hech shubhasiz, yaxshi, lekin ikkinchisi ham yomon emas. Kishi yolgʻonni gapirsa ham kam gapirsa! Yolgʻon egrilikdan, toʻgʻrilik haqiqatdan iboratdir. Sham oʻz toʻgʻriligi bilan xursand, boshdan-oyoq kuysa ham, u nurga aylanadi. Yashin egrilikni odat qilgan boʻlib, hamma yoqni yoritsa-da, yerning ostiga kiradi». Yuqoridagi fikrlardan koʻrinadiki, “shirin yolgʻondan achchiq haqiqat afzaldir”. “Diling Allohda, qoʻling ishda boʻlsa”, yaʼni insonning suvrati va siyrati mushtarak boʻlgan odam soxtalik, yuzakilik, yasamalilik kabi razil illatlardan mutlaqo yiroq boʻladi. Muayyan shaxsning shaxsiy yoki ijtimoiy xulq-atvorida uchraydigan har qanday soxtalik, har qanday munofiqlik jamoa tomonidan qattiq qoralanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 517
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 886
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232590
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112446
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64901
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49293
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36495
“Avesto”

//