Soxta gʻoya


Saqlash
15:10 / 19.10.2023 0 668

Soxta gʻoya – yovuzlik va jaholatga xizmat qiladigan, davlat, jamiyat, millat manfaatlariga zid boʻlgan, taraqqiyotga tahdid soladigan gʻoyalar majmuini ifodalaydi. U jamiyatni tubanlikka yetaklab, odamlarini gʻarazli niyat va qabih maqsadlarga undaydi, xalqlar va davlatlarni tanazzulga, halokatga mahkum etadi. Bunday gʻoyalar turlicha boʻlsa-da, aslida ularning maqsad va intilishlari bitta – hokimiyatni qoʻlga kiritish, tinch-osoyishta xalq orasida nifoq va ixtiloflar chiqarish. Eng achinarli tomoni – bunday yovuzlikni amalga oshirishni maqsad qilib olgan kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz yoshlarni oʻz tuzogʻiga ilintirib, soxta gʻoyalariga ishontirgan holda, ulardan oʻzlarining gʻarazli maqsadlari yoʻlida foydalanishidir. Shuningdek, soxta gʻoyalar insonparvarlik tamoyiliga zid boʻlgan, bir millatni boshqasidan ustun qoʻyadigan, oliy irq daʼvosida boshqa xalqlarni qirgʻin qilishga chaqiradigan, jamiyatni tarafkashlarga ajratib, boʻlib tashlashga xizmat qiladigan gʻoyalar majmuidan ham iboratdir. Bunday gʻoyaga misol sifatida “Boʻlib tashlab, hukmronlik qil” degan gʻarazli gʻoyani keltirish mumkin. Bu gʻoya, asosan, geosiyosiy va geostrategik maqsadlarga erishishda qoʻllanadi. Uni amalga oshirishning asosiy yoʻli biron bir mintaqa yoki mamlakat ichida ijtimoiy parokandalikni keltirib chiqarish bilan belgilanadi. Bunda, birinchidan, muayyan shaklda mavjud boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni boʻrttirib koʻrsatish orqali aholining mavjud holatdan noroziligini uygʻotish, ikkinchidan, oʻz nogʻorasiga oʻynaydigan muxolifatchi kuchlarni yuzaga keltirish yoʻli bilan siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarish, uchinchidan, “mamlakatda soʻz, matbuot, siyosiy erkinliklar yoʻq”, qabilidagi tuhmatdan iborat mafkuraviy tazyiq oʻtkazish usullari qoʻllanadi. Oʻzbekiston misolida oladigan boʻlsak, bunday holat baʼzi xorijiy OAVning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy islohotlar haqida notoʻgʻri axborot tarqatish orqali jahon jamoatchiligida haqiqatga zid tasavvurni shakllantirish yoʻlidagi xatti-harakatlarida yaqqol koʻrinadi. Soxta gʻoyani amalga oshirishning bu yoʻli – xalqaro maydonda muayyan mamlakat haqida notoʻgʻri, noxolis tasavvurlarni shakllantirishdir. Ayni paytda bu yoʻlda diniy, milliy va boshqa omillardan, yaʼni goʻyoki inson huquqlari va erkinligi buzilayotgani toʻgʻrisidagi soxta maʼlumotlarni tarqatish usulidan, foydalanishga urinishlar ham kuzatilayotir. Bularning barchasi “Maqsad vositani oqlaydi” degan aqida gʻarazli gʻoyalar va manfaatlarni roʻyobga chiqarishning asosiy qoidasiga aylanayotganidan dalolat beradi. Bu esa soxta gʻoyalarga nisbatan doimo hushyor va ogoh boʻlish lozimligini anglatadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 517
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 886
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232590
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112446
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64901
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49293
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36495
“Avesto”

//