Ruh


Saqlash
16:10 / 11.10.2023 0 1572

Ruh – obyektiv dunyoning faol inʼikosini anglatuvchi tushuncha. Borliqni aks ettirish faqat insonga emas, jonivorlar, oʻsimliklar, hatto noorganik dunyoga ham xos. Modda taraqqiyotining turli bosqichlarida inʼikos ham turlicha boʻladi. Masalan, suv yoki koʻzguda atrof borliqning aks etishi fizik inʼikos boʻlib, unda faollik yoʻq. Oʻsimliklar rivshida atrof-muhitning aks etishi (yorugʻlik, harorat va hokazo) biologik inʼikos boʻlib, unda quyi darajadagi faollik namoyon boʻladi. Hayvon va jonivorlarning rivojlanishida, xulq-atvorida atrofdagi voqea-hodisalarning aks etishi fiziologik va maʼlum darajada ruhiy inʼikos boʻlib (instinktlar, reflekslar), ulardagi faollik oʻsimlik dunyosidagi inʼikosga nisbatan juda yuqori darajada. Lekin, tom maʼnodagi faol inʼikos insonga xos boʻlib, bu inʼikos ruh deb ataladi. Ruhning faolligi shunda koʻrinadiki, u voqelikni qanday boʻlsa, shundayligicha emas, balki tartibga solgan holda aks ettiradi. Hozirgi voqealar, oʻtmishda boʻlgan va kelajakda boʻladigan voqealar inson ruhida muayyan tartib hamda ketma-ketlikda ifodalanadi. Holbuki, oʻtmishda boʻlgan va kelajakda yuz beradigan voqea-hodisalar hozirgi kunda mavjud emas, biroq u ruhda aks etadi. Inson ruhining hayvonlar ruhidan asosiy farqi shundaki, inson oʻz xatti-harakatlarini anglaydi va rejalashtiradi. Inson va hayvonlar ruhida voqelikning aks etishi ular tomonidan oʻz xulq-atvorini nazorat qilish imkonini beradi. Voqelik hayvonlar ruhida toʻgʻri aks etmasa, ular oʻlimga mahkum boʻladi. Hayvonlar oʻz xulq-atvorlarini individual tajriba yordamida nazorat qilishadi. Inson esa oʻz xatti-harakatlarining toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini faqat oʻz tajribalariga emas, ijtimoiy amaliyotga qiyoslab ham nazorat qila oladi.

 

Ruh haqidagi dastlabki tasavvurlar ibtidoiy tuzumda vujudga kelgan. Ular uyqu, tush, oʻlim singari hodisalarni oʻzlaricha talqin qilgan. Bu tasavvurlarga koʻra, ruh tanada mustaqil hodisa boʻlib, odam uxlaganda hamda vafot etganda, u tanadan chiqib ketadi, uygʻonganda esa tanaga yana qaytib kiradi. Antik davrda ruh haqida sodda ilmiy tasavvur vujudga kelgan. Luqmoni hakim (Alkmeon) talqinicha, ruh insonning bosh miyasida joylashgan. Lekin bu davrdagi tasavvurlarga koʻra, ruh moddaning bir koʻrinishidir. Masalan, Geraklit va Demokrit ruhni olov, Anaksimen havo, Empedokl esa toʻrt unsurning qorishmasi sifatida talqin qilgan. Oʻrta asrlarga kelib, ruh toʻgʻrisidagi taʼlimot ancha rivojlandi. Abu Ali ibn Sino taʼlimotiga koʻra, ruhni tanadan ajratib boʻlmaydi. Mana shu qoidadan kelib chiqib, u tanadagi kasallikni davolash uchun ruhiyatdan foydalanish uslublarini ishlab chiqdi. Yangi davrga kelib, Dekart tomonidan reflekslar nazariyasi yaratildi. Bu ruh toʻgʻrisidagi taʼlimotlar tarixida olgʻa tomon yana bir sezilarli siljish edi. Ikkinchi signal sistemasi toʻgʻrisidagi nazariyaning yaratilishi ruh haqidagi tasavvurlarning ilmiy asosga koʻchishi uchun katta turtki berdi. Ruhga eng yaqin boʻlgan tushunchalardan biri “ong” tushunchasidir. Ong va ruh oʻzaro bogʻliq tushunchalar boʻlib, bir-birini toʻldirib turadi. Ruhga aloqador boʻlgan tafakkur, xotira, tasavvur singari hodisalar ayni paytda ongga ham tegishlidir. Ruh haqidagi fan – psixologiyaning “refleks”, “instinkt” singari kategoriyalari ongosti deb atalishi ham ruh bilan ongning qanchalik bogʻliq ekanini koʻrsatadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 192
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 141
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 117
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 567
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225824
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108300
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55960
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41323
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40651
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31926
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31007
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30678
Alpomish

//