Riyozat


Saqlash
16:10 / 11.10.2023 0 2642

Riyozat (arabcha qiynalish, azob chekish) – 1) tasavvufda tariqat shartlaridan biri, darvesh, murid, sufiyning nafs istagidan voz kechib, bu yoʻlda qiynalishi, azob-uqubatlarga chidashi, sufiyning butun vujudini riyozat supurgisi bilan supurib, koʻngil egasi oʻtiradigan pok manzilga aylantirishdagi mashaqqatlarini anglatuvchi tushuncha; 2) Matematika, algebra va astronomiya kabi fanlarning oʻrta asrda nomlanishi. Riyozat insonning maʼnaviy yuksalish maqsadi yoʻlida duch keladigan har qanday qiyinchiliklarni bardosh bilan yengib oʻtishiga qaratilgan harakatini anglatgan. Riyozat jismoniy va maʼnaviy, moddiy va ijtimoiy qiyinchiliklarga chidashni ham qamrab olgan. Riyozat tariqatda inson bosib oʻtishi kerak boʻlgan bir qancha maqom-darajalarda muhim rol oʻynagan. Unda eng muhimi inson maʼnaviyati sinovdan oʻtkazilgan. Maʼnaviy jihatdan kuchsiz boʻlganlar riyozat talablariga bardosh bera olmagan va oʻz-oʻzidan maʼnaviy yuksaklik darajasiga koʻtarilishdan mahrum boʻlganlar. Riyozat har qanday turdagi boylikdan voz kechishni targʻib qilsa-da, bu tarkidunyochilik hisoblanmagan. Bu maʼnoni Bahouddin Naqshband “Dil ba yoru dast ba kor” degan shiorida ifodalaydiki, bu inson Haqqa, maʼnaviy yuksaklikka erishishi uchun toʻgʻri, pok yashab, halol mehnat qilishi, ayni vaqtda Xudoni, uning bu ishlarni koʻrib turganini mudom yodida tutishi lozimligini anglatgan. Shu jihatdan olganda, riyozat maʼnaviy mohiyatiga koʻra, dunyodan voz kechishni emas, balki unga intilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy xususiyat va harakatlardan tiyilishga undagan deyish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 886
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232590
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112446
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64901
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36495
“Avesto”

//