Rivojlanish


Saqlash
17:10 / 09.10.2023 0 5675

Rivojlanish – taraqqiyot, takomillashuv, olamdagi ilgarilanma harakatni, obyektlardagi sifatiy oʻzgarishlarni, borliqdagi yangi shakllarning vujudga kelishini ifodalovchi falsafiy kategoriya. Rivojlanish, eng avvalo, oʻzgarish bilan bogʻliq, biroq har qanday oʻzgarishni ham rivojlanish deb boʻlmaydi. Faqat eskidan keyin yangi sifatning yuzaga kelishi bilan bogʻliq oʻzgarishgina rivojlanish boʻlishi mumkin. Rivojlanish olamning umumiy tavsifi emas, balki olamdagi moddiy va maʼnaviy sistemalarning xususiyatidir. Konkret sistemalardan tashqarida Rivojlanish yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas. Shu bois olam haqida gap borganida undagi konkret sistemalarning cheksiz taraqqiyoti nazarda tutiladi. Antik falsafada rivojlanish gʻoyalari uchramaydi. Chunki rivojlanishning muhim tomoni shundaki, u zamon bilan bogʻliq. Zero, har qanday rivojlanish maʼlum vaqt davomida sodir boʻladi. Antik falsafa esa zamonni siklli jarayon sifatida tasavvur etardi. Ushbu tasavvurga muvofiq, barcha hodisalar takrorlanib turadi, borliq oʻzining maʼlum bir holatiga qaytaveradi. Albatta, bunday tasavvur rivojlanish gʻoyalariga oʻrin qoldirmasdi. Xristian dinining vujudga kelishi vaqtning kelajakka qarab yoʻnalganligi haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirdi. Fanning taraqqiy etishi esa ushbu tasavvurlarni tabiat va jamiyatdagi oʻzgarishlarning yoʻnalganligi va qaytmasligi haqidagi mulohazalar bilan boyitdi. Buning natijasida rivojlanishga doir qator konsepsiyalar yuzaga keldi. G.Spenser rivojlanishni butun tabiatning tadrijiy evolyutsiyasi bilan bogʻladi. Uning fikricha, rivojlanish bir xillikdan koʻp xillikka, oddiylikdan murakkabga qarab boruvchi jarayondir.

 

XIX asrning ikkinchi yarmidan rivojlanishning naturalistik konsepsiyasi shakllana boshladi. Ch.Darvin rivojlanishni universal metodologik prinsip sifatida emas, juzʼiy ilmiy tushuncha sifatida talqin etdi. Rivojlanishning antropologik konsepsiyasiga koʻra, rivojlanishni “inson – tabiat” va “inson – inson” munosabatlaridan izlamoq lozim. Rivojlanishning yana bir konsepsiyasi — ijodiy evolyutsionizmda (emerjentizm) rivojlanish yangi sifatning vujudga kelishi tarzida tasavvur etiladi. Bu konsepsiya tarafdorlaridan biri boʻlgan L.Morgan oʻzining 1922-yilda chop etilgan “Emerjent evolyutsiya” nomli asarida yangi sifat sistemaning ichki ijodiy qudrati sharofati bilan vujudga kelishini asoslab berdi. XX asrda esa rivojlanishning yangi konsepsiyalari rivojlandi. Ulardan biri – muvozanat nazariyasida rivojlanish quyidagi prinsiplar asosida sodir boʻlishi bayon etiladi:

1) rivojlanish “muvozanat – buzilish – muvozanat” tarzida sodir boʻladi;

2) muvozanatning eng asosiy xususiyati unda ziddiyatlarning yoʻqligidir;

3) muvozanat tashqi taʼsir ostida buziladi;

4) muvozanat tashqi taʼsirga moslashish orqali tiklanadi;

5) muvozanat mutlaq, buzilish esa nisbiydir. Bu konsepsiya, asosan, L.F.Uord va Le Danteklar tomonidan rivojlantirildi. Konflikt nazariyasida rivojlanishning asosiy manbai kishilar, avlodlar, ijtimoiy guruhlar va millatlar oʻrtasida sodir boʻladigan konflikt bilan bogʻlanadi. Ushbu konfliktning bartaraf etilishi rivojlanishga olib keladi, deb hisoblanadi.

 

Rivojlanishning eng muhim konsepsiyasi dialektikadir. Unga koʻra, rivojlanish sifatiy oʻzgarish bilan bogʻliq boʻlib, uning uch asosiy xususiyati mavjud: 1) rivojlanish orqaga qaytmaydi; 2) rivojlanish faqat kelajakka yoʻnalgandir; 3) rivojlanish zaruriylik bilan bogʻliq. Ushbu uch xususiyat mavjud boʻlganidagina oʻzgarish rivojlanish darajasiga koʻtariladi. Birinchi xususiyat boʻlmasa, oʻzgarish har qanday faoliyat koʻrsatish jarayoni bilan, ikkinchi xususiyat boʻlmasa, vorisiylik va aloqadorlikka ega boʻlmagan jarayon bilan, uchinchi xususiyat boʻlmasa – tasodifiy jarayon bilan cheklanib qoladi. Rivojlanish sistemalarda mavjud boʻlgan qarama-qarshiliklar birligi va kurashi jarayonida, miqdor oʻzgarishlarning sifat oʻzgarishiga aylanishi, yangi sifat tomonidan eski sifatning inkor etilishi orqali yuz beradi. Ushbu jarayonning birinchi xususiyati dialektik ziddiyat qonunida, ikkinchi xususiyati miqdorning sifatga oʻtishi qonunida, uchinchi xususiyati dialektik inkor qonunida oʻz ifodasini topadi. Rivojlanish davomida yangi sifatning vujudga kelishi asta-sekinlik bilan tadrijiy ravishda yoki birdan, qisqa muddatda yuz berishi mumkin. Rivojlanishning birinchi tipi evolyutsion rivojlanish, ikkinchi tipi revolyutsion rivojlanish deyiladi. Rivojlanishning har qanday tipida ijobiy, progressiv sifatlar jamlanib boradi. Biroq ayrim hollarda yangi vujudga kelgan sifat regressiv xarakterda boʻlishi ham mumkin, shunga qaramasdan rivojlanishda umumiy progressiv yoʻnalish saqlanib qoladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 886
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232590
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112446
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64901
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36495
“Avesto”

//