Reduksionalizm


Saqlash
17:10 / 09.10.2023 0 815

Reduksionalizm (lotincha reductio – orqaga siljish, oldingi holatga qaytish, toʻxtab qolish) – falsafadagi metodologik tamoyil. Unga koʻra, materiyaning yuqori shakllari quyi shakllariga xos boʻlgan qonuniyatlar asosida toʻliq tushuntirib berilishi yoki quyi shakllarga keltirilishi mumkin. Masalan, fizik va kimyoviy qonunlar yordamida biologik hodisalar, biologik qonunlar yordamida esa ijtimoiy hodisalarni tushunish mumkin. Reduksionalizm psixologiyada bixeviorizm koʻrinishida, fizikada fizikani “matematikalashtirish”, lingvistikada tovush reduksiyasi va boshqa koʻrinishlarda namoyon boʻladi. Reduksionalizm ijtimoiy psixologiya, biologiya va boshqa fanlarda ham uchraydi. Reduksionalizmning sotsiologik konsepsiyalarining xatarli jihati shundaki, ular inson turmush tarzidan ijodiy faoliyatning barcha shakllarini chiqarib tashlashga olib keladi va uning ijodiy faoliyati hamda imkoniyatlarini roʻyobga chiqarilishiga toʻsqinlik qiladi. Psixologik reduksionalizm yondashuvi psixologiyaning mustaqil fan sifatidagi mavqeini pasaytiradi, uning qonuniyatlari va kategoriyalarini inkor etadi. Shu bilan birga, reduksionalizm reduksionalistik yondashuv ilmiy bilimlarning birligi masalasiga oydinlik kiritmagan boʻlsa-da, u ilmda yangi belgili vositalarni yaratishga, sunʼiy rasmiy tillarni loyihalashtirishga qiziqish uygʻotib, kompyuter mantigʻi, kibernetika va boshqa sohalarning paydo boʻlishi hamda rivojlanishiga zamin yaratdi. Masalan, muhandislik yoʻnalishida bilimlarning rivojlanishi va kompyuterlashtirishning keng yoyilishi natijasida reduksionalizm asosida yangi fan sohasi – sinergetika vujudga keldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 533
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39415
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38670
“Avesto”

//