Realizm


Saqlash
16:10 / 09.10.2023 0 3448

Realizm (lotincha realis – voqeiy narsalar) – sanʼat va adabiyotdagi asosiy ijodiy uslublardan biri. Sanʼat va adabiyotning ikki asosiy ijodiy uslubi bor: realizm va romantizm. V.G.Belinskiy “Rus povestlari va Gogol povestlari haqida” maqolasida romantizm va realizm ijodiy uslublarini koʻzda tutib, poeziyani “ideal va realistik poeziya”ga ajratgan edi. Realizmning bosh prinsipi turmushni rostgoʻylik bilan tasvirlash, hayot haqiqatini toʻgʻri yoritishdir. Tipiklik realistik sanʼat va adabiyotning negizidir. Tipik xarakterlarni tipik sharoitda tasvirlash hayot haqiqati va uning qonuniyatini toʻlaroq hamda yorqinroq yoritishga, mujassamlashtirishga xizmat qiladi. Obrazlar tipiklashtirilmasa, mukammal realistik asar darajasiga koʻtarila olmaydi. Realist sanʼatkor hayotning eng muhim va xarakterli voqea-hodisalarini tasvir obyekti qilib oladi, hayot voqeliklarini saralab toʻplaydi, ularni badiiy umumlashtiradi va individuallashtirilgan tipik obrazlarda mujassamlashtiradi. Realizm elementlari, voqelikni realistik tasvirlash tendensiyalari, koʻpincha, romantizm bilan yonma-yon yoki aralash holda namoyon boʻladi. Shart-sharoit, mavzu va yozuvchi koʻzlagan ijtimoiy-estetik maqsadning mohiyatiga qarab, alohida olingan badiiy asarlarda romantika yoki romantik tamoyillar yetakchi boʻladi. Shu bilan birga, taʼkidlash lozimki, realistik asarda romantizm elementlarining, romantik asarda realizm elementlarining boʻlishi ham tabiiy holdir. Realizm ijodiy uslubi konkret, tarixiydir. U bir nuqtada turib qolmadi, uning mohiyati va ijtimoiy-estetik vazifasi oʻsib, oʻzgarib bordi. Binobarin, adabiyotshunoslikda baʼzan realizmni tasnif etib, “antik realizm”, “ilk realizm” kabi iboralar ham qoʻllaniladi. Oʻzbek mumtoz adabiyotidagi realizm tendensiyalarining rivojlanishida mumtoz yoʻnalish (ayniqsa, Navoiy ijodi), demokratik tendensiyadagi adabiyot (Turdi, Maxmur, Gulxaniy va boshqalar ijodi) muhim rol oʻynaydi. Muqimiy, Furqat, Zavqiy va Avaz Oʻtar kabi demokrat, maʼrifatparvar shoirlar ijodi bilan oʻzbek adabiyotidagi realizm oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga koʻtarildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 177
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 529
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 311
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 479
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 906
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232694
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112534
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65021
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54913
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49352
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39035
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38020
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36580
“Avesto”

//