Rahmdillik


Saqlash
14:10 / 09.10.2023 0 1412

Rahmdillik – oʻzgalarga nisbatan mehr-shafqat, mehribonlik, insonparvarlik tuygʻusini ifodalovchi tushuncha. Rahmdillikning tub mohiyati insonni hurmat qilish, qadr-qimmatini bilish hamda ularga mehribonlik koʻrsatishdan iboratdir. Rahmdillik oʻzgalarga mehr-shafqat koʻrsatish, amaliy koʻmak berish kabi insoniy fazilatlarda namoyon boʻladi. Insondagi rahmdillik va mehribonlik uning maʼnaviy goʻzalligidan, nozik tabiat egasi ekanidan dalolat beradi. Shuningdek, rahmdillik ijobiy fazilatlar bilan boyitib boriladi. Rahmdil kishi ezgu ishlar qilishga moyil, qalbi daryo insondir. Ular oʻzgalarga nisbatan mehr-shafqatli boʻladi. Rahmdil inson yaxshilikdan kuch olib, el manfaatini koʻzlaydi, oʻzgalar manfaatini oʻz manfaatidan ustun qoʻyadi. Insonda achinish hissining mavjudligi uning rahmdilligidan dalolat beradi. Rahmdil insonning niyati xolis, yordami begʻaraz boʻladi, oʻzgalarga maʼnaviy oziqa beradi. Oliyhimmat, rahmdil, saxiy inson toʻlib-toshib oqayotgan daryoga oʻxshaydi, u oʻzidagi ilm-maʼrifatdan, ezgu ishlardan hammani bahramand qilgisi keladi. Hadisi sharifda keltirilishicha, “Alloh taolo oʻz rahmatini yuz boʻlak qildi. Toʻqson toʻqqiz boʻlagini Oʻzida olib qoldi va qolgan bir boʻlagini Yer yuziga tushirdi. (Mana shu bir boʻlak rahm butun mavjudotlarga taqsimlandi). Urgʻochi otning oʻz bolasini bosib olmaslik uchun oyogʻini tortishi ham mana shundandir”.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 533
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39415
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38670
“Avesto”

//