Rahmat


Saqlash
17:10 / 06.10.2023 0 8556

Rahmat (arabcha shafqat, marhamat, mehribonlik; achinish) – 1) tashakkur va minnatdorlik, shukronalikni ifodalovchi tushuncha; 2) marhamat, lutf, ehson; 3) erkaklar ismi: rahmat (Rahmatulla). Rahmat koʻp maʼnoli soʻz. Yaxshi bajarilgan ezgu ishlar uchun kishilar rahmat orqali oʻz minnatdorchiligini bildiradi. Rahmat olgan kishi katta savobga ega boʻladi. Bu soʻz bilan bajarilgan mehnatga baho beriladi. Kimdir kimgadir yaxshilik, savob ish qilgan chogʻida oʻz xursandchiligini ifodalash uchun rahmat aytiladi. Baʼzan bu soʻz kesatiq maʼnosini ham anglatishi mumkin. Rahmat insoniy munosabatlar orqali roʻyobga chiqadigan soʻz boʻlib, yaxshi muomalani ham anglatadi. Eng goʻzal muomala lutf-karamdir. Alisher Navoiy buni muomalapardoz, deb atagan. Xalqimiz insoniy muomala qila bilishni madaniyat, olijanoblik alomati, deb tushunadi. Ota-onalar uchun farzandlari haqida maqtov, el-yurtdan “Otangga rahmat!” degan olqish eshitish eng katta saodatdir. Ezgu ishlar qilish rahmatga loyiqdir. Kishi yaxshi ish qilsa faqat oʻziga emas, balki ota-onasiga ham rahmat keltiradi, odamlar rahmat eshitish uchun faqat ezgu ishlar qilishga intiladi. Rahmat soʻzi bilan koʻrsatilgan marhamat, inoyat ham ifodalanadi. Masalan, yomgʻir, qor Yaratganning rahmati deyiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 277
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 378
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 598
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234873
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114208
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68164
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57169
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51560
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40101
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39595
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39479
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//