Rahbar mahorati


Saqlash
17:10 / 06.10.2023 0 1935

Rahbar mahorati – rahbarning boshqaruv sanʼati sirlarini bilishi, xodimlarni tanlashdan tortib, ular bilan bogʻliq ziddiyatli vaziyatlarda oqilona yechim topa olishi, oʻzi masʼul jabhada yuksak mehnat samaradorligiga erishish uchun jamoaning bunyodkorlik kuchlarini safarbar eta olishi, tashkilotchilik qobiliyatining namoyon boʻlishini anglatuvchi tushuncha. Rahbar mahoratining muhim jihati uning muomala madanitida aks etadi. Samimiyat, adolat, muomala, ishbilarmonlik, asosiy muammo bilan ikkinchi darajali vazifalarni oʻz vaqtida farqlay bilish, tashabbuskorlik, optimizm rahbar mahoratini tashkil etuvchi omillardir. Rahbarning uzoqni koʻra bilishi, pirovard maqsad va vazifalarni teran anglashi, hayot va ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan murakkab vaziyatlarda oʻzini yoʻqotmasdan noanʼanaviy, kutilmagan yechimlar oʻylab topishi, jamoadagi har bir xodim, ishchi koʻngliga yoʻl topa bilishi rahbar mahoratining namoyon boʻlishi hisoblanadi. Yaʼni, jamoada haqiqiy rahbar ruhiy koʻtarinki kayfiyat bilan ish olib bormogʻi va yashamogʻi lozim. Rahbar hamisha jamoa aʼzolarining quvonch va tashvishlari bilan yashashi kerak, chunki hayotining koʻpgina unutilmas lahzalari jamoa muhitida shakllanadi, tarbiyalanadi. Shu tarzda rahbarning eng yaxshi tashkilotchilik, tadbirkorlik fazilatlari shakllanib, mukammallashib boradi. Boshqarish, eng avvalo, kishilar bilan ishlashdir. Rahbar notiqlik mahoratiga ega boʻlishi, tushunarli, ifodali va taʼsirchan, ishonarli va daʼvatkor ruhda gapirishga oʻrganishi kerak. Rahbarning tinglash mahorati bugungi kunda dolzarb vazifaga aylangan. Nemis faylasufi A.Shopengauer “Odamlarning oʻzingiz toʻgʻringizda yaxshi fikrga ega boʻlishlarini xohlasangiz, ularni tinglang” degan edi. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, ruhlantiradi. Shu tariqa yangi fikrlar, gʻoyalarning shakllanishiga sharoit tugʻiladi. Rahbar qalbi toza, shijoatli, ishbilarmon, oʻz mustaqil fikriga ega, ruhan tetik, davr talabini ongli his etadigan, rahbarlik faoliyatida duch kelgan har bir salbiy yoki ijobiy xatti-harakatlarga oʻzida shakllangan salohiyat kuchi bilan javob bera olish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 886
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232590
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112446
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64901
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36495
“Avesto”

//