Ratsionalizm


Saqlash
17:10 / 05.10.2023 0 3130

Ratsionalizm (lotincha rationalis, ratio – aql) – aql insonning bilishi va xulqining asosi, deb qaraydigan falsafiy yoʻnalish. Ratsionalizm atamasi XIX asr oʻrtalarida falsafaga kirib keldi. Ratsionalizm anʼanalari qadimgi yunon faylasuflariga borib taqaladi. Masalan, Parmenid bilimni aql vositasida olingan “haqiqiy” bilimga va sezgilar orqali olingan bilimlarga ajratdi; aqlni haqiqatning mezoni sifatida talqin etdi. Yangi davr tabiatshunosligining taraqqiyoti natijasida ratsionalizm gnoseologik qarashlar tarkibiga kirdi. XVII–XVIII asr mumtoz ratsionalizm oʻrta asr sxolastikasi va diniy dogmatizmga zid ravishda (Dekart, Spinoza, Leybnis) butun olamning sababiy bogʻlanganligi gʻoyasini ilgari suradi. XVII–XVIII asrda ratsionalizm inson faoliyati va bilishda aqlning birlamchiligi gʻoyasini ilgari surib, jamiyatning mafkurasiga aylandi. Aqlni ulugʻlash, madh etish tendensiyasi XVIII asr fransuz materialistlariga (Lametri, Gelvetsiy, Didro, Golbax) ham xos edi. Ratsionalizm sensualizmga qarama-qarshi holda haqiqiy ilmiy bilimni haqiqatning asosi va mezoni sifatida namoyon boʻladigan aql orqali hosil qilish mumkin, deb hisoblaydi. Ratsionalizm ilmiy bilishning yagona asosini aqlda deb biladi va bunda hissiyotlardan xoli (Leybnis) fikrlash qobiliyati yoki tugʻma gʻoyalar (Dekart) mavjudligini taʼkidlaydi. Dunyoni bilishda hissiy idrok rolining inkor etilishi obyektiv reallikni bilishda fikrlar tarqoqligiga olib keldi. Masalan, XVIII asrda yashab ijod etgan koʻplab ratsionalistlar olamning mohiyati yoki ibtidosini bilish mumkin emasligini (Kantning “narsa oʻzida”sini) tan olgan. Bilish jarayoni (Gegeldagi kabi) aqlning oʻz-oʻzini bilishga qaratilishi, obyektiv olamning rivojlanishi esa sof mantiqiy, ratsionalistik jarayon sifatida talqin etiladi.

 

XIX–XX asr Gʻarb falsafasida aqlning cheksiz kuchiga boʻlgan ishonch susayib (pozitivizm, neopozitivizm va boshqa), insonning hech narsa bilan cheklanmagan aqliy faoliyati va aqlning kuch-qudrati kabi ideallarni himoya qiluvchi mumtoz ratsionalizm keskin tanqid qilindi. Bu tanqid irratsionalizm (freydizm, intuitivizm, pragmatizm va ekzistensializm) tomonidan hamda “cheklangan” ratsionalizm ruhida olib borildi. Keyingi vaqtlarda obyektiv olamni bilishda aqliy va hissiy bilishni yaxlit dialektik jarayon sifatida tan olish, bu jarayonni tahlil qilishda ratsionalizm va sensualizm oʻrtasidagi ziddiyatlarni hal etishga urinishlar koʻzga tashlanmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 269
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 277
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 265
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 312
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224696
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107674
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55012
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 39917
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39732
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31049
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30503
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29898
Alpomish

//