Psixologiya


Saqlash
17:10 / 05.10.2023 0 4196

Psixologiya (yunoncha psyche – jon, logos – taʼlimot) – “jon”, “ruh” haqidagi fan, taʼlimot. Biroq hozirgi davrda “jon” tushunchasi oʻrniga “psixika”, “ruhiyat” iborasi qoʻllanmoqda. Ushbu maʼnoda “jon” va “psixika” tushunchalari aynan bir xil mazmunni bildiradi. Psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti ular oʻrtasida talay tafovutlarni keltirib chiqardi. Psixika toʻgʻrisida dastlabki tasavvurga ega boʻlish uchun, dastavval, psixik hodisalar mohiyati bilan tanishish kerak. Odatda, psixik hodisalar deganda, ichki, subyektiv tajriba dalillarining (voqelikning) namoyon boʻlishi tushuniladi. Psixika hayotning sezgi, idrok, xayol, tafakkur kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iborat. Ichki subyektiv tajribaning oʻzi, insondagi quvonch yoki zerikish tuygʻulari nimalarnidir uning esiga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosi tarkibiy qismlari, yaʼni bularning hammasi subyektiv psixik hodisalar hisoblanadi. Subyektiv hodisalarning asosiy xususiyati ularning bevosita subyektga taalluqli ekanligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta, ana shu hodisalarni bir davrning oʻzida tushunib (kuzatib) ham turadi. Inson intilsa, ikkilansa, qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir boʻlayotganligini anglab turamiz. Shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir boʻlishidan tashqari, ular bevosita koʻz oʻngimizda namoyon boʻlib turadi. Obrazli qilib aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, odatda, shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning tomoshabini hisoblanadi. Psixikaning turli shakllarda koʻrinishi, jumladan, psixik jarayonlar, anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik hodisalar, inson aql-zakovatining moʻjizakorligi moddiy va maʼnaviy madaniyat mahsulini yaratadi.

 

Har qanday voqelikda, hodisalarda, mahsullarda psixika namoyon boʻladi, oʻz xususiyatlarini ajratadi, faqat ular orqaligina psixikani oʻrganish mumkin. Psixologik voqelik – subyektning ichki kechinmalarining tarkibiy qismlari bilan bir qatorda, ularni obyektiv shakllari (xulq-atvor, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar) orqali psixikaning xususiyatlari, holatlari, qonuniyatlari ni oʻrganish tushuniladi. Yaʼni, inson ongidan tashqari unga bogʻliq boʻlmagan holda hukm suruvchi obyektiv borliq (atrofimizdagi narsa va hodisalar, muhit, sharoit) va boshqalarning psixikada aks etishi psixologik voqelik deb ataladi. Bugungi kunda nafaqat psixologiya, balki uning alohida sohalari boʻyicha ham boy ilmiy materiallar toʻplangan. Jahon psixologiya fani tajribasida qator sohalar, jumladan, mehnat psixologiyasi (muhandis psixologiyasi, aviatsiya psixologiyasi, kosmik psixologiyasi), pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, salomatlik psixologiyasi, maxsus psixologiya, yuridik psixologiya, harbiy psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sport psixologiyasi, umr davrlari psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, sotsial psixologiya, psixofiziologiya, eksperimental va amaliy psixologiyasi kabilar psixologiyaning mustaqil tadqiqot predmetiga aylangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 886
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232590
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112446
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64901
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36495
“Avesto”

//