Psixologizm


Saqlash
17:10 / 05.10.2023 0 1140

Psixologizm – XX asr oxirlarida Gʻarb sotsiologiyasida vujudga kelgan oqim. Empiriokrititsizm tarafdorlarining taʼkidlashicha, psixologiyaning, shuningdek boshqa barcha fanlarning ham obyekti maʼlum usullar orqali bilib olingan sezgilar va sezgilar majmualaridan iborat. Psixologizmning taniqli vakillari: G.Tard, Ch.Kuli, J.Mid, U.Mak-Dugallar neofreydizm, strukturaviy funksional maktab kabi oqim vakillari ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy tuzilma mohiyatini psixik faktlar asosida tushuntirishga harakat qiladi. Psixologizmning dastlabki ibtidoiy shakllarida irsiy omillarning roli haddan tashqari boʻrttiriladi, ijtimoiy xulq-atvorning goʻyo inson psixikasiga azaldan xos boʻlgan jinsiy moyillik, vahshiylik, effektivlik, oʻlimga moyillik va hokazo bilan bogʻliqligi taʼkidlanadi. Psixologizm vakillari shaxs xususiyatlari yoki milliy xarakterini urushlar, irqiy va sinfiy konfliktlar singari ijtimoiy hodisalar bilan bogʻlashga intiladi. Keyinchalik ular irsiy gʻoyalardan voz kechib, jamiyat, ijtimoiy tizim va tashkilot singari ijtimoiy hodisalarning real mavjudligini inkor etish yoʻlidan boradi.

 

Psixologizm tarafdorlari kishilarning bevosita oʻzaro taʼsirini tahlil qilish doirasidan tashqariga chiqmaydi, koʻproq “bevosita kuzatiladigan xulq-atvor” tushunchasi bilan cheklanadi. Psixologizm tahlil uslublari kichik ijtimoiy guruh va jamoalarni oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi zamon Gʻarb sotsiologiyasida psixologizmning biryoqlama tamoyillarini bartaraf etishga urinishlar koʻzga tashlanmoqda. T.Parsonsning tuzilmaviy funksional tahlil nazariyasi bunga misol boʻlishi mumkin. Psixologizm Dyurkgeymning “sotsiologizm”i, M.Veberning “institutsionalizm”i taʼsirida jiddiy oʻzgarishlarga uchrab, hozirgi vaqtga kelib psixologizm sotsiologiyadagi metodologik prinsip sifatida namoyon boʻlmoqda. Binobarin, mazkur yondashuv shaxs maʼnaviyati, axloqiy xatti-harakatlariga ichki ruhiy omillar taʼsirini oʻrganishda qoʻllanishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 192
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 141
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 117
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 567
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225824
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108300
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55960
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41323
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40651
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31926
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31007
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30678
Alpomish

//