Psixoanaliz


Saqlash
16:10 / 05.10.2023 0 4963

Psixoanaliz – ruhiy xastalikni davolash usuli va psixologik taʼlimot. U XX asr boshlarida taniqli nemis olimi Zigmund Freyd (1856–1939) tomonidan ishlab chiqilgan. Psixoanaliz asosini inson xulqining negizini lazzat olishga intilish (libido), ayniqsa, ilk bolalikda paydo boʻlgan jinsiy mayl tashkil etadi, odam xulqini onglilik emas, balki ongsizlik boshqaradi, degan gʻoya tashkil etadi. Z.Freyd dastavval onglilik, yolgʻonchilik va ongsizlikdan iborat psixikaning uch bosqichini tadqiq etdi. Oldingi ikki bosqichdan farq qiluvchi psixik darajani (lotincha instantia – bevosita yaqinlik) senzura deb atadi. Odatda, senzura ikkita funksiyani bajaradi: 1) inson tomonidan oʻzining shaxsiy his-tuygʻulari, mulohazalari va xohishlarini muhokama qiladi, ularni ongsizlik holatidan siqib chiqaradi; 2) ongga yorib kirishga intiluvchi faol ongsizlikka qarshilik koʻrsatadi.

 

Z.Freyd shaxs tuzilishining yangi nazariyasini taklif etdi. Bu nazariya uch xil psixik instansiyaning hukm surishi toʻgʻrisidagi farazni asoslashga qaratildi: “U” – lazzatlanish, rohatlanish tamoyiliga bogʻliq boʻlgan instinktiv mayllarni qamrab oladi; “Men” (Ego) – tashqi olam bilan bilvosita aloqaga kirituvchi psixologik instansiya; “Mendan yuqori” (super-Ego) oʻz ichiga ijtimoiy taqiqlar, qonun tusiga kirgan majburiy tartib-qoida va ideallarni qamrab oladi. Uning fikricha, “Men” (Ego) reallik tamoyiliga asoslangan holda inson psixikasida harakatlanuvchi qarama-qarshi kuchlarni muvofiqlashtirish funksiyasini bajaradi. Z.Freydning koʻrsatishicha, inson faolligi qadimgi avlod-ajdodlaridan nasliy yoʻl orqali oʻtgan instinktiv mayllar taʼsiri bilan belgilanadi. Instinktiv mayllar, dastavval, jinsiy instinkt va oʻzini himoya qilishga intilish instinkti tarzida yuzaga keladi. Lekin jamiyat shaxsni koʻp jihatdan cheklab qoʻyadi, uning instinkt va mayllarini “senzura”dan oʻtkazadi. Natijada shaxs aksariyat instinkt va mayllarini jilovlashga, taqiqlashga majbur boʻladi. Instinktiv mayllar uning shaxsiyatiga zid boʻlgan ruhiy holat sifatida ongli hayotdan siqib chiqarilsa-da, yoʻqolib ketmaydi, balki ongsizlik sohasiga oʻtkazib yuboriladi. Psixoanaliz taʼlimotining vazifalaridan biri – ongsizlik sohasidagi “kompleks”larni aniqlash va ularni anglashga yordamlashishdan iborat. Psixoanaliz namoyandalari shaxsdagi ichki ziddiyatlarni ochib berish va tushuntirish uchun “Edip kompleksi” tushunchasini yaratdi. Unga koʻra, oʻgʻil bolaning oʻz onasiga nisbatan jinsiy mayli va otasining oʻlimini istashi (“Edip kompleksi”), yaqin qarindoshi bilan jinsiy aloqa qilishga maylligi jazolanishdan qoʻrqish hissi bilan toʻqnashadi.

 

Psixoanaliz vakillari shaxsning bundan keyingi taraqqiyotini ongsizlik holatiga siqib chiqarilgan instinktiv mayllarning turlicha komplekslar bilan toʻqnashuvi tashkil etadi; instinktiv mayllar oʻz quvvati va faolligini saqlagan holda insoniyat madaniyati va inson faoliyati mahsulining har xil shakllariga oʻtib (“sublimatsiyalashib”), ongsizlik holatida shaxsning xulq-atvorini boshqarishda davom etadi, degan xulosaga keladi. Psixoanalizda ongsizlik bilan onglilik oʻrtasidagi qarama-qarshi munosabatni mutlaqlashtirish holatlari uchraydi, buning natijasida ularning oʻzaro bir-birini toʻldirish imkoniyati rad etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 137
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 387
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 144
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 221
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 531
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 951
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218735
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104488
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34139
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27314
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26543
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25133
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24850
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21697
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//