Poklik


Saqlash
17:10 / 04.10.2023 0 1877

Poklik – maʼnaviy-estetik kategoriya sifatida eng muhim maʼnaviy-axloqiy talablardan biri boʻlib, samimiylik, sadoqat, ishonch va tabiiylikni oʻz ichiga olgan. Inson qalbining pokligi uning sadoqati, ishonchi, tabiiyligi, samimiyligida bilinadi.

 

Pok – a) ifloslikdan xoli; toza (pok joy, pok kiyim); b) (koʻchma) halol, toʻgʻri (pok inson). Nopok – a) toza, ozoda emas, iflos (nopok kiyim); b) hech narsadan hazar qilmaydigan, qabih, yaramas (nopok odam); v) yomon, jirkanch (nopok ish). Poklik inson maʼnaviyatini shakllantirishda muhim oʻrin tutadi. Chunki poklik mazmunida oqillik va eʼtiqodlilik, sharmhayo va or-nomus, ziyraklik va farosatlilik, oʻz yoriga muhabbatli boʻlish, halollik, mehribonlik kabi ijobiy xislatlar mujassamlashgan. Poklik – ulugʻlik. Poklik turmushda, mehnatda va kishilar bilan oʻzaro munosabatda namoyon boʻlib, u zehn va idrok tiniqligidir. Maʼnaviy poklik – axloq ziyosidir. Unda ruh shaffofligi, sezgi tuygʻulari yuksak. Maʼnaviy poklik insonni ayb va kamchiliklardan tozalaydi, ruhan hayotga ragʻbatlantiradi. Insonning pok, ozoda boʻlishi, ozodalikni saqlashi va unga hamisha amal qilishi sogʻlom turmushning asosiy omilidir. Pok odam ust-boshi, yuz-qoʻllari, uy-joylarini toza tutadi, farzandlarini ham shunga oʻrgatadi. Kishi hayotida axloqiy poklik birinchi darajali vazifadir. Axloqiy poklik taʼma va molparastlikka mutlaqo zid. Ishlarning poki – chiroyli va halol bajarilganida, eʼtiqodlarning poki – qatʼiylikda, taomlarning poki – halollikda. Demak, pok narsa faqat poklikni keltiradi. Pok inson shirin gapiradi, faqat ezgu ishlarni bajaradi. Alisher Navoiy maʼrifatga erishgan har bir kishi axloq jihatdan pok, koʻngli oq, lafzi halol boʻlishi shartdir, deb taʼkidlagan. U Farhodni shunday taʼriflaydi: “Demakki, koʻngli poku ham soʻzi pok, Tili poku, oʻzi pok”. Inson oʻz feʼlini yaxshilashi, xulqini poklashi, qalbini musaffo qila olishi uning oʻziga, intilishiga bogʻliq. Agar bunga amal qilmasa, yomon ishlarga oʻrganib, razolat botqogʻiga botishi mumkin. Poklik vijdonlilik koʻrinishlaridan boʻlib, uning ziddi yolgʻonchilik, oʻgʻrilik, xoinlik va munofiqlikdir. Poklik – insonning maʼnaviy goʻzalligini belgilaydigan mezon. Insonning pokligi, avvalo, vijdoni pokligi bilan belgilanadi. Pok vijdonli inson insof va fahm-farosat kabi maʼnaviy fazilatlarga ega boʻladi. Insonning boshqalar haq-huquqini hurmat qilishi, ahdiga vafodor boʻlishi, sadoqatli, sharm-hayoli va or-nomusli boʻlishi, uyatli ishlarga duch kelganda xijolat tortishi, jamiyatda qabul qilingan turmush tarzi madaniyatiga rioya qilishi, har bir ish uchun masʼuliyatni his qilishi – bular uning pok va begʻubor inson ekanini koʻrsatadi. Pok inson har doim yaxshilikka, yaxshilik qilishga intiladi, boshqalar bilan samimiy, iltifotli muomalada boʻladi. Poklik har bir davr, har bir zamonning talabi boʻlgan.

 

Poklanish – tozalanish, ruhiy halovat topish demakdir. Poklanish kategoriyasi jismoniy va maʼnaviy (ruhiy), ichki (botiniy) va tashqi (zoxiriy) kabi oʻzak tushunchalarga negiz boʻlib keladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 886
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232590
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112446
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64901
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36495
“Avesto”

//