Poststrukturalizm


Saqlash
17:10 / 04.10.2023 0 1570

Poststrukturalizm (neostrukturalizm) – struk turalizm negizida vujudga kelgan va uni qayta koʻrib chiqishga qaratilgan falsafiy taʼlimot. Lingvistik strukturalizm asoschisi F.Sossyur va strukturalizmning yirik vakili Klod Levi-Stroslar fikricha, anʼanaviy falsafiy usul va lingvistik qoidalar va boshqa ijtimoiy nazariyalar bilan dunyoni izohlab boʻlmaydi. Ularni tubdan qayta koʻrib chiqish kerak. Poststrukturalizm strukturalizm namoyandalari J.Derrida, Fuko va Lakon taʼlimotlariga suyanib, ilgarigi lingvistik nazariyani «qayta konstruksiya qilish asosida fenomenologiya sohasini, Sossyurning lingvistik qarashlari, strukturalizm va Lakanning ruhiy tahlilini tanqidiy tahlil qilgan. Sossyur lingvistik belgilarni termin va tovushda ifodalashning bir-biridan farqini koʻrsatgan boʻlsa, poststrukturalizm vakillari bu terminlarning bir butunligi, bir xilligi maqsadga muvofiq emas, deb hisoblaydi. Bu tushunchalar turli maʼnoga ega boʻlgani uchun ularga mukammal taʼrif berish mumkin emas, deb taʼkidlaydi. Umuman olganda, poststrukturalizm strukturani butunlay rad etmaydi, balki unga yangicha munosabatda boʻlishni talab etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67648
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56487
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//