Parokandalik


Saqlash
17:10 / 03.10.2023 0 1142

Parokandalik – tarqoqlik, tartibsizlikni ifodalovchi tushuncha. Parokandalik iborasi tartib, intizom soʻzlarining antonimi hisoblanadi. Parokandalik qadimgi sarkarda ajdodlarimiz tomonidan ham qoralangan. Chunki lashkarlar safidagi parokandalik butun davlatning yoʻq boʻlishiga, koʻplab odamlarning qirilib ketishiga sabab boʻlgan. Dushman qoʻshiniga parokandalik solish yoʻli bilan gʻalabaga erishilgan. Parokandalik yaroqli boʻla turib ishsiz yurish, zinokorlik, ota-onaga oq boʻlish, folchilar soʻziga ishonish, sehr-jodu bilan shugʻullanish, irim qilish, savdo-sotiqda gʻirromlik qilish, birovning haqiga, omonatiga xiyonat qilish, qasamxoʻrlik, sudxoʻrlik, oʻgʻirlik, qaroqchilik, mayxoʻrlik, birovni masxara qilish, gʻiybat, tuhmat, boʻhton, badgumonlik, josuslik, chaqimchilik, yolgʻonchilik, obroʻni toʻkish, qotillik, poraxoʻrlik, bevafolik kabi koʻpgina salbiy xususiyatlarning paydo boʻlishiga olib keladi. Parokandalik keng yoki tor miqyosda roʻy berishi mumkin. Keng miqyosli parokandalik deyilganda, jamiyat, davlat miqyosidagi parokandalik tushuniladi. Bunda butun bir xalq, davlat aziyat chekishi mumkin. Tor miqyosli parokandalik esa bir oila, jamoa yoki muayyan guruh doirasida roʻy beradi. Lekin oila jamiyatning tarkibiy qismi hisoblangani uchun bunday parokandalikdan jamiyat ham albatta aziyat chekadi. Koʻrinadiki, har qanday tor doiradagi parokandalik ham keng miqyosli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67648
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56487
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//