Garri Potter shaharchasiga sayohatga tayyormisiz?


Saqlash
18:11 / 30.11.2021 0 1526

Jahon adabiyotidagi mashhur asarlar asosida filmlar suratga olinishi, qahramonlariga  haykallar qo‘yilishi oddiy holga aylangan. Ammo ularga atab kichik shaharchalar qurilgani haqida eshitgansizmi?

 

Garri Potter obrazining shuhrati 24 yildan buyon so‘ngan emas. Dunyo bo‘yicha Joan Roulingni sevib o‘qiydigan, kitob asosida yaratilgan filmni qayta-qayta tomosha qiladigan turli yoshdagi pottermenlar minglab topiladi.

 

Harry Potter - Hogwarts Day Poster | All posters in one place | 3+1 FREE

 

Endi Garrining muxlislari uning olamiga bemalol sayohat qilishi, Hogvartga borib o‘qishi, film qahramonlari bilan yonma-yon yurishi mumkin. Tokioda yangi Garri Potter bog‘ining qurilishi bilan muxlislar ajoyib xayoliy olamga qadam qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Yangi shaharchada nimalarga duch kelish mumkin? Kino ishqibozlari sahna ortidagi tajribalarning guvohi bo‘ladi, Garri Potter ta’lim olgan maktab bilan qiziqqanlar darslarda qatnashib ko‘ra oladi. Qahramonlarning asil liboslari ko‘rgazmasi, filmdan parchalar namoyishi ham rejalashtirilgan.

 

Diagon Alley, Warner Bros Studio Tour. Copyright Gretta Schifano - Mums do  travel

 Londondagi Garri Potter shaharchasi.

 

Bog‘ga hozircha 30 ming kvadrat fut (3 ming m2) maydon ajratilgan. Piyoda sayr qilish uchun taxminan yarim kun kerak bo‘ladi.

 

2012-yili Londonda ham Garri Potter shaharchasi (maydoni 14 ming m2) ochilgan edi. Tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha diqqatga sazovor joylar qatorida tezda yuqori o‘rinlarga chiqib oldi. Tokioda esa yanada ajoyib sarguzashtlar bo‘lishi kutilmoqda.

 

Superb Model Hogwarts Castle Filming Miniature in the Snow - YouTube

 Londondagi Garri Potter shaharchasi.

 

Garri Potter ishqibozlari yangi bog‘ga 2023-yildan tashrif buyurishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 237
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 254
Eng qimmat shirinlik

Bilasizmi?

14:07 / 22.07.2026 0 165
“O‘ktam”ning etimologiyasi

Bilasizmi?

11:07 / 22.07.2026 0 288
Vafo va vafot



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236407
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115152
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68763
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57930
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52318
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41164
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39978
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39955
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//